Reuters: Rossiya snaryadlar yetishmovchiligini hozircha qoplay olmaydi
2022 yilda Rossiya Ukrainada kamida 10 million artilleriya snaryadlaridan foydalangan, shuning uchun ularni ishlab chiqarishni yiliga 2 millionga oshirish yetishmovchilikni qoplamaydi, deb yozadi Reuters.

Foto: Vadim Ghirda/AP/picture alliance
Yaqin yillarda Rossiya artilleriya snaryadlarini ishlab chiqarishni yiliga 2 million donaga oshirishi mumkin, ammo Ukrainaga qarshi urush sharoitida hali ham ularning taqchilligini boshdan kechiradi. G‘arb davlatlaridan birining ismi sir qolishni istagan rasmiysi 8 sentabr, juma kuni Reuters agentligiga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi.
2022 yilda Rossiya qo‘shinlari Ukrainada 10-11 million dona snaryad ishlatgan, deb hisoblaydi Reuters manbasi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari qiyin vaziyatga tushib qolgan.
Rossiyaning mudofaa sektoriga kiritgan sarmoyalari yiliga 200 ga yaqin tank ishlab chiqarish uchun sharoit yaratishi mumkin, ammo bu raqam Moskvaning ehtiyojlarini qondirmaydi, dedi rasmiy. «Agar siz 2000 ta tankni yo‘qotsangiz, boshlagan joyingizga qaytishingiz uchun sizga o‘n yil kerak bo‘ladi», dedi u. Avvalroq g‘arb ekspertlari Rossiyaning snaryadlar va tanklar ishlab chiqarishning o‘sish potensialini ikki baravar past deb hisoblagan, deya ta’kidlaydi agentlik.
Shoyguning KXDRga tashrifi haqida
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning iyul oyida Shimoliy Koreyaga safari Moskvaning umidsizligini namoyish etadi, dedi rasmiy. Oq uyning ta’kidlashicha, Moskva Pxenyan yordamida qurol-yarog‘ zaxirasini to‘ldirishga harakat qilmoqda. Reuters manbasiga ko‘ra, Shimoliy Koreya kelishuv uchun qulay shartlarni muhokama qiladi.
Rossiya harbiylarining Ukrainadagi yo‘qotishlari soni turlicha
Qo‘shni davlatda harbiy harakatlar boshlanganidan beri Rossiya 4000 ta zirhli jangovar texnika (ZJT), 100 dan ortiq samolyotni yo‘qotdi va 270 ming kishi halok bo‘ldi hamda yaralandi, deya xabar beradi Reuters manbasi. U bu ma’lumotlarning manbasini keltirmadi.
Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi 8 sentabr kuni o‘z tezkor hisobotida Rossiya armiyasi yo‘qotishlarini taxminan 267,5 ming kishiga baholadi. Bundan tashqari, Ukraina qo‘mondonligi yo‘q qilingan 4529 ta tank, 9726 ta zirhli jangovar mashina va 315 ta samolyot haqida ma’lumot berdi.
Rossiya tomoni oxirgi marta 2022 yil 21 sentabrda halok bo‘lganlar sonini e’lon qilgan. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha vaqtga kelib, urush paytida 5937 rossiyalik askar va zobit halok bo‘lgan. Bundan tashqari, yanvar oyida Rossiya Mudofaa vazirligi egallab olingan Makiyivkada 89 nafar harbiy xizmatchining o‘limini tasdiqladi.
So‘nggi yangiliklar
-
To‘rtta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 12:36
-
«Inter Mayami» Messining shedevri bilan kambek qildi, «PSJ»da sensatsion mag‘lubiyat
Sport | 12:31
-
YeIning qator davlatlari Isroil aholi punktlari bilan savdo qilmaslikni talab etmoqda
Jahon | 12:11
-
Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlar 14,5 mlrd so‘m mukofot oldi
O‘zbekiston | 12:06
Mavzuga oid

11:39
Latviya Rossiya va Belarus fuqarolariga ko‘chmas mulk sotib olishni taqiqladi

11:09
Nabiullina: Rossiya iqtisodiy o‘sishi uchun ko‘plab resurslar tugadi

09:54
Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning bir qancha shaharlariga havodan hujum qildi

01:53