O‘zbekiston | 08:21 / 27.10.2023
3613
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Shvetsiyadagi birinchi elchisi o‘z vazifasini bajarishga kirishdi

O‘zbekistonning Shvetsiyadagi birinchi elchisi Nodir G‘aniyev o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. Elchixona 2022 yilda ochilgan edi.

Foto: Dunyo

O‘zbekistonning Shvetsiyadagi birinchi elchisi Nodir G‘aniyev Stokholmda o‘z faoliyatini boshladi, deya xabar bermoqda «Dunyo».

O‘zbekistonning Stokholmdagi diplomatik vakolatxonasi 2022 yilda ochilgan va mamlakatning xorijdagi 36-elchixonasiga aylangan.

Nodir G‘aniyev 52 yoshda. Toshkent Davlat universitetining filologiya va sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. 1994 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlab, markaziy apparatda va mamlakatning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlab kelgan.

U avval O‘zbekistonning Shvetsiyadagi muvaqqat ishlar vakili bo‘lgan. Shvetsiyaga tayinlanishidan oldin TIVning Yevropa davlatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi rahbari lavozimida ishlagan.

Mavzuga oid