Mirzaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
Shirin shahri hokimi Sarvar Sultonov Mirzaobod tumani hokimi etib tasdiqlandi.
31 oktyabr kuni Xalq deputatlari Mirzaobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, tuman kengashi deputatlari, sektorlar, tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Akmaljon Mahmudaliyev tuman hokimi lavozimiga Sarvar To‘lqinbek o‘g‘li Sultonov nomzodini tavsiya etdi.
Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Sarvar Sultonov Mirzaobod tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Sessiya davomida, shuningdek, tumanda iqtisodiyot, tadbirkorlik, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish borasidagi ishlar tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Sarvar Sultonov 2020 yil sentabridan buyon Shirin shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.
U yangi lavozimda Mirzaobod tumanini 2020 yil noyabridan buyon boshqarib kelgan Jonibek Yariyev o‘rnini egalladi.
Mavzuga oid
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
15:57 / 10.12.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
18:28 / 06.12.2024