Bugun, 9 sentabr kuni Xalq deputatlari Şirin şahar Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazildi.

Sessiyada taşkiliy masala körilib, Abduğaffor Tillaboyeviç Hojimatov boşqa lavozimga tayinlangani munosabati bilan Şirin şahar hokimi vazifasidan ozod qilindi.

- Abduğaffor Hojimatov 2019 yil oktyabridan buyon Şirin şahriga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berişiça, şu kungaça «Yuksaliş» umummilliy harakatining Sirdaryo viloyati hududiy bölinmasi rahbari lavozimida işlab kelgan Sultonov Sarvarbek Tölqinbek öğli Şirin şahar hokimi etib tasdiqlandi.

Ma'lumot örnida, Sarvarbek Sultonov 1989 yilning 19 iyulda Oqoltin tumanida tuğilgan. 2011 yilda Guliston davlat universiteti, 2013 yilda Toşkent axborot texnologiyalari universiteti magistaturasini tamomlagan. «Döstlik» ordeni sohibi.

Mehnat faoliyati davomida turli yillarda Özbekiston «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakati «Yetakçi» yoşlar öquv markazi Sirdaryo viloyati koordinatori, Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Sirdaryo viloyat Kengaşi Aholi bandligi va ijtimoiy siyosat masalalari bölimi mudiri, Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani xalq ta'limi muassasalar faoliyatini metodik ta'minlaş va taşkil etiş bölimi uslubçisi, Özbekiston «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakati Oqoltin tumani Kengaşi raisi, Özbekiston «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakati Sirdaryo viloyati Kengaşi raisining örinbosari, Özbekiston yoşlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengaşi raisining ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari lavozimlarida işlagan.
















