Sessiyada taşkiliy masala körib çiqildi. Tuman hokimi Hamidulla Abdullayev egallab turgan vazifasidan ozod etildi. Jonibek Yariyev Mirzaobod tumani hokimi lavozimini egalladi.

Jonibek Yariyev 1981 yilda Tojikistonning Söğd viloyatida tuğilgan, 2008 yilda Guliston davlat universiteti, 2011 yilda Toşkent moliya instituti, 2015 yilda Özbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan. Ma'lumoti böyiça mutaxassisligi - iqtisodiyot.

U 2001-2015 yillarda moliya tizimida turli lavozimlarda işlagan, 2015-2016 yillarda Sirdaryo viloyati davlat mulkini ijaraga beriş markazi direktori örinbosari, 2016-2017 yillarda Guliston şahar hokimligi hududni kompleks rivojlantiriş bölimi boşliği, 2017-2020 yillarda Guliston şahar hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari bölgan.

Jonibek Yariyev tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.