O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Shvetsiya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
Nodir G‘aniyev 2022 yildan buyon O‘zbekistonning yangi elchixonasini muvaqqat ishlar vakili sifatida boshqarib kelayotgan edi. 2023 yil oktyabr oyida esa u favqulodda va muxtor elchi etib tayinlandi.

Foto: Dunyo
Kecha Stokholm shahrida O‘zbekiston favqulodda va muxtor elchisi Nodir G‘aniyevning Shvetsiya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, rasmiy tadbir doirasida elchining Shvetsiya qiroli bilan suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilindi.
Muloqot yakunida Shvetsiya qiroli elchini lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va uning faoliyati O‘zbekiston-Shvetsiya ko‘p tomonlama munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Nodir G‘aniyev 2022 yildan buyon O‘zbekistonning yangi elchixonasini muvaqqat ishlar vakili sifatida boshqarib kelayotgan edi. 2023 yil oktyabr oyida esa u favqulodda va muxtor elchi etib tayinlandi. Diplomat 52 yoshda. U Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. 1994 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparat va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlagan.
Shvetsiyaga jo‘nab ketishidan oldin TIVning Yevropa davlatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
O‘zbekistoning Stokholmdagi diplomatik vakolatxonasi xorijiy davlatlardagi 36-elchixonasi bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

13:47 / 28.06.2025
O‘zbekiston onkologik kasalliklarga qarshi kurashishda Shvetsiya bilan hamkorlik qiladi

10:33 / 25.06.2025
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida migratsiya sohasida kelishuv imzolandi

22:32 / 06.06.2025
Shvetsiyada farzandlari tishini yaxshi tozalamagani uchun ota-ona 8 oyga qamaldi

23:16 / 05.06.2025