O‘zbekiston elchisi Buyuk Britaniyadagi missiyasini bajarishga kirishdi
O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Protokol departamenti direktori Viktoriya Basbiga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Foto: Dunyo
«Dunyo» xabariga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyoti, xalqning boy tarixiy-madaniy merosi, shuningdek, O‘zbekiston – Buyuk Britaniya ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Viktoriya Basbi Britaniya tomonining O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga tayyorligini ta’kidladi.
O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi 14 noyabr kuni Buyuk Britaniya poytaxtiga yetib bordi. U 2018 yildan buyon mamlakatning Malayziyadagi elchisi sifatida ishlab kelayotgan edi. Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), O‘zbekiston TIVning Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi universitet) tamomlagan. Tashqi siyosat idorasidagi faoliyatini 2000 yilda boshlagan. O‘tgan yillar davomida markaziy apparatda va O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasida turli lavozimlarda ishlagan. Shundan keyin TIVning Yevropa mamlakatlari va NATO bilan hamkorlik boshqarmasini boshqargan. Fransiyadagi elchi, shuningdek, Italiya va Portugaliyadagi o‘rindoshlik asosidagi elchi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Ravshan Usmanov 2019 yildan buyon Londondagi elchi lavozimida ishlab kelgan Said Rustamov o‘rniga tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Qotil» ekologiya, mashhurlar ortiga yashiringan firibgarlik va amaldorlarga majburiy til
Jahon | 12:28
-
Eco Expo Central Asia 2025 ko‘rgazmasi doirasida 120 dan ortiq kelishuv imzolandi
O‘zbekiston | 11:47
-
🔴 LIVE: NATO qurollanmoqda. Putin nima deydi? | “Geosiyosat” haftaligi
Jahon | 11:05
-
Tehronda Isroil zarbalari qurboni bo‘lgan general va olimlarning dafn marosimi o‘tkazildi – fotolar
Jahon | 09:58
Mavzuga oid

20:10 / 27.06.2025
Britaniya ukrainalik qochoqlarga boshpana berishni rad etmoqda

08:37 / 26.06.2025
Britaniya muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalangan holda Ukrainaga 350 ta raketa yuboradi

21:48 / 25.06.2025
Britaniya sovuq urush davridan beri birinchi marta yadroviy qurollarni samolyotlarga joylashtiradi

19:11 / 23.06.2025