Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«1 litr viski ichib olgandi» – Nyu-Yorkdan Toshkentga uchgan samolyotda janjal ko‘targan erkak mast bo‘lgan
Zo‘ravonlik qilgan yo‘lovchi parvoz paytida boshqa davlat fuqarolarini ham kamsitib, haqorat qilib kelgan va samolyotning Peterburgga favqulodda qo‘nishiga sabab bo‘lgan. Bu haqida shu samolyot bortida bo‘lgan Kun.uz manbasi ma’lum qildi.
11 dekabr kuni Nyu-Yorkdan Toshkentga uchgan samolyot bortda zo‘ravonlik qilgan yo‘lovchi tufayli Peterburgga favqulodda qo‘ndi. 1991 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi politsiya xodimlari tomonidan reysdan olib chiqilgan.
Voqea paytida samolyot bortida bo‘lgan Kun.uz manbasi holatni shunday hikoya qiladi:
“Ichkarida bitta odam dutufreyedan 1 litrlik viski olib, samolyotda ichdi. Mast bo‘lib qolib, 3 nafar odam bilan urishib ketdi. Bu ham yetmaganday boshqa davlat fuqarolarini kamsitib, ularni haqorat qilib o‘tirdi. Shu sababli samolyot Peterburgga favqulodda qo‘ndirildi”.
Kerakli protseduralar amalga oshirilgach, parvoz davom ettirilgan. Samolyotning Peterburgga favqulodda qo‘nishiga sabab bo‘lgan erkak esa ayni paytda Toshkentga olib kelingan va so‘roq qilinmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Boeing 787 samolyotiga yo‘lovchi sifatida chiqqan 1991 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan B.F. parvoz vaqti mast holatda havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalariga rioya qilmagan. U ekipaj xodimlari hamda boshqa yo‘lovchilarga qarshilik ko‘rsatib, samolyotdagilarning tinchini buzgan, sog‘liq uchun tahdid tug‘diradigan bezorilik harakatlarini amalga oshirgan.
Hozirda holat bo‘yicha Toshkent shahri aeroportlarida XTB tomonidan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik), 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Agar aybi tasdiqlansa, bezori yo‘lovchiga nisbatan 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qoraqalpog‘istondagi tumanda issiq tufayli bog‘chalar yopildi
O‘zbekiston | 12:20
-
Rossiyada diversiya ishi bo‘yicha sudlangan 13 kishidan 3 nafarining muddati qisqartirildi
Jahon | 12:04
-
Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha respublika kengashi tuziladi
O‘zbekiston | 11:48
-
Axborot sohasida nazorat va monitoring sobiq AOKAdan O‘zkomnazoratga o‘tdi
O‘zbekiston | 11:40
Mavzuga oid

13:39 / 14.07.2025
6 oyda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holati yuzasidan 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

22:37 / 13.07.2025
Britaniyada samolyot havoga ko‘tarilish vaqtida halokatga uchradi

20:03 / 08.07.2025
Italiyada erkak uchishga tayyorlanayotgan samolyot dvigateliga kirib ketdi

15:09 / 08.07.2025