Nyu-Yorkdan Toşkentga uçgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi havo kemasida zöravonlik qilgan yölovçi tufayli Sankt-Peterburg aeroportiga favqulodda qönişga majbur böldi.
Hodisa 11 dekabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 07:35 da HY102 Nyu-York – Toşkent reysida sodir bölgan. Boeing 787 havo kemasi sardori yönaliş böylab muqobil aerodromga qönişga qaror qilgan. Bortdagi muammo haqida radioaloqa orqali xabar berilgan. 1991 yilda tuğilgan Özbekiston fuqarosi politsiya xodimlari tomonidan reysdan olib çiqilgan.
Kerakli protseduralar amalga oşirilgaç, havo kemasi belgilangan aeroportga parvozni davom ettiradi.
HY102 reysining Toşkentga yetib kelişi Toşkent vaqti bilan 13:00 ga belgilangan.







