Qirg‘iziston va O‘zbekiston 2024 yildan boshlab 12 rusumdagi avtomobil ishlab chiqaradi
«Oltin-Tulpor» avtomobil yig‘ish zavodi ishga tushirishga tayyorlanmoqda.

2024 yildan Qirg‘iziston va O‘zbekiston birgalikda 12 rusumdagi avtomobil ishlab chiqaradi. Bu haqda Qirg‘iziston Iqtisodiyot va savdo vaziri Doniyor Amangeldiyev ma’lum qildi.
«Ayni paytda «Oltin-Tulpor» avtomobil yig‘ish zavodi ishga tushirishga tayyorlanmoqda. Bu «O‘zavtosanoat» bilan qo‘shma loyihadir. O‘ylaymanki, u kelgusi yilda ishga tushiriladi. Qurilish va sozlash ishlari yakunlanmoqda», dedi u.
Vazirning ta’kidlashicha, loyiha O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi.
Qirg‘izistonda avtomobillar va savdo uskunalari ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha kelishuv yanvar oyida prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi chog‘ida imzolangan edi. Loyihaga ko‘ra, u uch bosqichda amalga oshiriladi. Dastlabki uch yilda 10 mingta shaxsiy va tijorat avtomobillari ishlab chiqariladi, 500 kishi ish bilan ta’minlanadi.
Ikkinchi bosqichda avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi, 20 mingtagacha avtomobil va savdo uskunalari ishlab chiqariladi. Ish o‘rinlari soni 1000 taga yetadi.
Keyinchalik ishlab chiqarish hajmi 30 mingta avtomobil va savdo texnikasi, muassasada ishlaydigan xodimlar soni esa 2000 kishiga yetkaziladi.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy O‘zbekistonda "aqlli" logistika omborlarini quradi
Iqtisodiyot | 16:04
-
Putin Eronga berilgan zarbalarni «oqlab bo‘lmaydigan» deb atadi
Jahon | 15:59
-
Ikkilamchi avtomobil bozori: Chevrolet va Kia avtomobillari arzonlashdi, BYD modellari qimmatlashdi
Iqtisodiyot | 15:52
-
🔴 LIVE: Eron Rossiyaga yuzlandi. Putin yordam beradimi?
Jahon | 15:45
Mavzuga oid

11:14 / 21.06.2025
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

18:40 / 18.06.2025
Qirg‘iziston poytaxtida blekaut yuz berdi

17:19 / 11.06.2025
O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahkumlarni almashadi

17:12 / 09.06.2025