08:30 / 22.01.2024
6096

Uzcard to‘lov tizimida uzilishlar kuzatilmoqda

O‘zbekistonda Uzcard to‘lov tizimi ishida uzilishlar kuzatilmoqda. 

Foto: Uzcard

Yagona umumrespublika protsessing markazi xabariga ko‘ra, 2024 yil 22 yanvar kuni soat 00:30 dan 10:00 gacha texnik va profilaktik ishlar olib boriladi.

Qayd etilishicha, shu sababli ATM, E-POS, POS-terminallarda aloqa ulanishida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Bundan tashqari, Uzcard infratuzilmasida xalqaro to‘lov tizimlari kartalariga hamda xorijda kobeyj kartalariga xizmat ko‘rsatilishida uzilishlar ehtimoli haqida ma’lum qilingan.

Mavzuga oid
Top