10:52 / 01.02.2024
72946

1 fevraldan O‘zbekistonda ayrim nafaqa miqdorlari oshirildi

Minimal iste’mol xarajatlarining oshirilishi ortidan qator pensiya va nafaqalar miqdorlari ham 621 ming so‘mga yetkazildi.

Foto: Kun.uz

Prezident farmoni bilan ayrim hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi. Farmonga ko‘ra, 2024 yil 1 fevraldan quyidagi nafaqalar miqdori 621 ming so‘m etib belgilandi:

  • zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa fuqarolarga nafaqa;
  • ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda;
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga nafaqa;
  • boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa (keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun — 212 000 so‘m);
  • boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori.

Avvalroq, 2024 yil uchun minimal iste’mol xarajatlari miqdori kishi boshiga 1 oyga 621 ming so‘m etib belgilangani xabar qilingandi. Yuqoridagi pensiya miqdorlari rasmiy eng kam iste’mol xarajatlaridan kelib chiqib oshirilgan.

Top