O‘zbekiston JBning «Ayollar, biznes va qonun indeksi»da katta islohotlarni amalga oshirgan 5 talikka kirdi
Jahon bankining 2023 yil yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan «Ayollar, biznes va qonun indeksi» hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston 48 pog‘onaga yuqorilab, 82,5 ball bilan 190 ta davlat orasida 91-o‘rinni egalladi.

Foto: Kun.uz
Reytingdagi o‘rinni yaxshilash maqsadida mazkur masala parlament nazoratiga ham olingan edi. Ushbu masala Senat Kengashi majlislarida muhokama qilib borildi, tegishli qarorlar qabul qilinib, zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Bugun mamlakat mazkur indeksda O‘zbekiston xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik bo‘yicha muhim islohotlarni amalga oshirgan 5 ta davlat qatoriga kiritildi. Xususan, davlat rahbari boshchiligida O‘zbekistonda amalga oshirilgan 4 ta muhim huquqiy islohot indeksning «Mehnatga haq to‘lash» va «Oila» indikatorlaridagi ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, maksimal 100 balldan baholandi.
Jumladan:
- teng qiymatli mehnat uchun erkaklar va ayollarga teng miqdorda haq to‘lanishini kafolatlovchi qoidalar qabul qilindi;
- sanoatda ayollar mehnatidan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi;
- sanoatda ayollar mehnatidan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi;
- noqulay mehnat sharoitlariga ega yoki xavfli bo‘lgan tarmoqlarda ayollarga erkaklar kabi mehnat qilish imkoniyati yaratilgan;
- ayollarni oiladagi zo‘ravonlikdan himoya qilish choralari kuchaytirildi.
Hisobotda O‘zbekiston Singapur, Turkiya va BAA bilan bir xil ball to‘plab, Markaziy Osiyoda eng yaxshi natija ko‘rsatgan mamlakat sifatida e’tirof etildi.
Mavzuga oid

08:00 / 06.02.2025
Yanvar oyi uchun “Palov indeksi” e’lon qilindi

17:16 / 28.01.2025
Jahon banki «Qambarota-1» GESi uchun hozircha 18,6 mln dollar ajratdi

09:28 / 23.01.2025
Jahon banki O‘zbekistonning 2024 yildagi iqtisodiy o‘sishini baholadi

17:20 / 03.01.2025