19:02 / 20.03.2024
3510

O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Malayziya podshohiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Karomiddin Gadoyev Malayziya poytaxtida Sulton Ibrohim bilan uchrashdi. 

O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Karomiddin Gadoyev 20 mart kuni Malayziya podshohi Sulton Ibrohimga ishonch yorliqlarini topshirdi. 

Marosimdan so‘ng kechgan muloqot davomida O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. 

Malayziya podshohi O‘zbekiston prezidentiga yuksak hurmat va samimiy tilaklarini bildirdi. O‘zbekiston xalqiga fayzu baraka, tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot va farovonlik tiladi. Elchiga ikki tomonlama munosabatlarni yanada yuksaltirish yo‘lidagi ishlariga muvaffaqiyat tiladi. 

O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Karomiddin Gadoyev 30 noyabr kuni Kuala-Lumpurga tashrif buyurdi. Bunga qadar u Tashqi ishlar vazirligining BMT va boshqa xalqaro siyosiy tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Mavzuga oid
Top