Toshkentdagi bir qator modernizm namunalari madaniy meros ro‘yxatiga kiritildi
“Eski Juva” bozorining gumbazlari, “O‘zbekiston” mehmonxonasi, San’at muzeyi, “Kosmonavtlar” metro bekati va Quyosh instituti binosi kabi o‘nta modernizm davri namunalari milliy ro‘yxatga kiritildi. Ro‘yxatdagi 10 ta obektning maqomi “modernizm obekti” deb o‘zgartirildi.

“Eski Juva” bozori / Foto: gelio.livejournal.com
O‘zbekistonda 20 ta binoga modernizm davri obekti maqomi berildi va milliy madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda ushbu tashabbus muallifi bo‘lgan Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 22 aprel kuni “Moddiy madaniy meros obektlarining milliy ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” hukumat qarori qabul qilingan.
Qaror bilan, birinchi bosqichda quyidagi o‘nta obekt milliy ro‘yxatga kiritilgan:
- “Eski Juva” bozorining moviy gumbazlari (1950 yil, davlat mulki)
- “O‘zbekiston” mehmonxonasi (1963-1974 yillar, xususiy mulk)
- Davlat san’at muzeyi (1967-1974 yillar, davlat mulki)
- “Shodlik” mehmonxonasi, shu jumladan “Ilhom” teatri binosi (1969-1975 yillar, xususiy mulk),
- Residence Park mehmonxonasi (1975 yil, davlat mulki)
- Toshkent telemarkazi binosi (1972-1977 yillar, davlat mulki)
- “Kosmonavtlar” metro bekati (1972 yil, davlat mulki)
- Ko‘krak jarrohligi ilmiy-tadqiqot instituti (1975 yil, davlat mulki).
- Aviasozlar saroyi (1976-1980 yillar, davlat mulki)
- Quyosh instituti (1981-1987 yillar, davlat mulki)
Ro‘yxatdagi quyidagi 10 ta obektning maqomi “modernizm obekti” deb o‘zgartirildi:
- O‘zbekiston amaliy san’at muzeyi (XIX asr, davlat mulki)
- Alisher Navoiy nomidagi san’at saroyi (1964 yil, davlat mulki)
- O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi (1970 yil, davlat mulki)
- “Moviy gumbazlar” kafesi (1970 yil, davlat mulki)
- Rassomlar uyushmasining ko‘rgazma pavilioni (1970-1974 yillar, davlat mulki)
- Toshkent davlat sirki (1976 yil, davlat mulki)
- “Turkiston” konsert zali va uning yozgi maydoni (1976-1993 yillar, davlat mulki)
- “Marvarid” (Jyemchug) turar-joy majmuasi (1980-yillar boshlari, xususiy mulk)
- Toshkent teleminorasi (1980 yil, davlat mulki)
- “Xalqlar do‘stligi” saroyi (1981 yil, davlat mulki)
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabariga ko‘ra, keltirib o‘tilgan modernistik uslubdagi binolarni YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritish uchun nomzodnoma tayyorlanmoqda.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20
-
Germaniyada «katta koalitsiya» tuzish bo‘yicha muzokaralar boshlandi
Jahon | 11:18
-
Ayrim dori vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan qo‘llanadi
O‘zbekiston | 10:46
-
«Gazprom» G‘arb sanksiyalaridan eng katta zarar ko‘rgan kompaniya bo‘ldi - Reuters
Jahon | 10:33
Mavzuga oid

16:30 / 13.03.2025
Toshkentga tramvayni qaytarish bo‘yicha yana bir “yo‘l xaritasi” imzolandi

14:39 / 13.03.2025
Toshkentda uch bolasi bilan tilanchilik qilib yurgan ayol qo‘lga olindi

21:27 / 12.03.2025
Toshkentda havo tozaligini nazorat qiluvchi ikkita stansiya o‘rnatildi

16:46 / 12.03.2025