15:05 / 28.04.2024
9078

Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston Tojikistonni penaltilar seriyasida mag‘lub etib, 6-bor bronza medaliga sazovor bo‘ldi

Tailandda o‘tayotgan futzal bo‘yicha Osiyo Kubogida 3-o‘rin uchun bahs yakunlandi. 

Unda O‘zbekiston milliy jamoasi qo‘shni Tojikiston bilan to‘qnash keldi va gollarga boy derbining so‘nggi daqiqasida mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, so‘ng penaltilar seriyasida Elmurodovning seyvlari evaziga g‘alabani ilib ketdi. 

Shu tariqa O‘zbekiston qit’a chempionatida 6-bor bronza medalini qo‘lga kiritdi. 

Finalda 12 karra chempion Eron mezbonlarga qarshi to‘qnash keladi. 

Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi3-o‘rin uchun

Tojikiston  O‘zbekiston 5:5
Penaltilar
 seriyasi — 3:1.
28 aprel. Bangkok
Gollar: Ilhom Hamroyev (2), Elbek To‘lqinov (5), Mehroj Xudoyberdiyev (24), Ixtiyor Ropiyev (27, penalti), Akbar Usmonov (40) — Samandar Rizomov (10, 30, 34), Komron Aliyev (22), Umid Qo‘ziyev (35).
O‘zbekiston — Abbos Elmurodov, Ixtiyor Ropiyev, Ilhom Hamroyev, Husniddin Nishonov, Elbek To‘lqinov, Sunnat Anvarov, Fazliddin Botirov, Sunnat Jo‘rayev, Dilshod Rahmatov, Akbar Usmonov, Abror Ahmetziyanov, Mehroj Xudoyberdiyev, Samariddin Berkinov.

Top