Jamiyat | 11:18 / 12.12.2024
4194
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqanddagi gaz zapravkada yong‘in sodir bo‘ldi

Suyultirilgan gazni sig‘imga to‘kib olish jarayonida texnologik jarayonlar buzilgan va oqibatda yong‘in kelib chiqqan.

Foto: FVV

Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida avtomobillarga suyultirilgan va siqilgan gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 11 dekabr kuni soat 21:00 da Past Darg‘om tumani Go‘zalkent qo‘rg‘onida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan va siqilgan gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FVBga xabar berilgan.

Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, ular voqea joyiga soat 21:27 da yetib borib, yong‘in soat 21:50 da to‘liq bartaraf etilgan.

Aniqlanishicha, shoxobchada suyultirilgan gaz (propan) yoqilg‘isini sig‘imga to‘kib olish jarayonida texnologik jarayonlar buzilgan va vintelda gazning lokal yonishi sodir bo‘lgan.

Yong‘in oqibatida, bino-inshootlarga va texnika vositalariga zarar etmagan. Hodisada hech kim jabrlanmagan va halok bo‘lmagan.

Qayd etilishicha, hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid