Kun.uz manbasiga köra voqea 12 dekabr kuni soat 22:00 lar atrofida institutga qaraşli 3-sonli talabalar turar joyida sodir bölgan. Özini pastga taşlagan talaba qiz institutning jismoniy madaniyat fakulteti xotin-qizlar sporti yönalişining 2-bosqiç talabasi bölgan. Bunga talabaning xonadoş dugonalari bilan özaro kelişmovçiligi sabab bölgani aytilmoqda.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidagi manbaning aytişiça, qizning öz joniga qasd qilişiga urinişi uning oiladagi kelişmovçiliklari bilan boğliq.
Baxtsiz hodisadan söng talaba zudlik bilan Qöqon şahar tez tibbiy yordam bölimga olib borilgan. Birinçi tibbiy yordam körsatilib, jonlantiriş bölimiga joylaştirilgan.

Uşbu holat yuzasidan Qöqon şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.
Qöqon davlat pedagogika instituti talabalar yotoqxonasidagi qizlar xonasiga yaşirin kamera örnatgani ortidan jamoatçilik e’tiboriga tuşgandi.

Öşanda institutning yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça birinçi prorektori O.B. MJtKning 46-1-moddasida (şaxsiy hayot daxlsizligini buziş) körsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, 4,5 mln söm miqdorda, institutning ta’lim texnologiyalari markazi xodimlari A.M., B.O. va bölim boşliği R.M. ham uşbu modda böyiça aybdor deb topilib, 3 mln söm (har biri) jarima jazosiga tortilgandi.








