Rossiya prezidenti Vladimir Putinning mamlakat aholisi bilan an’anaviy jonli muloqoti boşlandi.

U anjuman ötayotgan joyga 155-dengiz piyodalari brigadasi jangçilari unga yuborgan jangovar bayroq nusxasini kötarib keldi va zaldagi ikki jurnalistdan uni yoyişni söradi. 

Keyin frontdagi vaziyat töğrisidagi savollarga javob bera boşladi («vaziyat keskin özgarmoqda, butun front çiziği böylab harakat ketmoqda, jangçilar har kuni kilometr kvadrat hududni qaytarmoqda»). Bu vaqt davomida esa uning ortidagi ikki kişi bayroq nusxasini uşlab turişda davom etdi.

Vladimir Putin Kursk oblastida yaşovçi fuqaroning Rossiya qöşini uning regionini Ukraina qurolli kuçlaridan qaçon ozod etişi haqidagi savolga javob beraturib, aniq sanani ayta olmasligi, çunki bu holatda harbiylar muddatida ulguriş uçun yöqotişlar bilan hisoblaşmay qöyişini ta’kidlagan.

«Men hozir ular siqib çiqariladigan muayyan sanani ayta olmayman va aytişni istamayman. Yigitlar jang qilmoqda. Hozirning özida jang ketmoqda», — degan Putin Kursk oblasti Bolşesoldatskoye rayonida yaşovçi Tatyana Zibrova telefon orqali bergan savolga javoban.

Putin harbiylar Ukraina qurolli kuçlarini siqib çiqarişi «mutlaqo aniq» ekanini aytib, nima uçun aniq sanani aytişni xohlamasligini izohladi. «Mana bu sanaga deb bölmaydi, çunki yigitlar meni eşitadi. Masalan, men bir-ikki kun deyman va ular qanday qilib bölmasin, yöqotişlar bilan hisoblaşmasdan şu sanaga ulguriş uçun borişadi. Biz bunday qila olmaymiz», — degan Rossiya prezidenti.

Putin «bir-ikki kun» katta ahamiyatga ega emasligini qöşimça qilib, rossiyalik harbiylar Ukraina qurolli kuçlarini «uzil-kesil siqib çiqarganidan» keyin zararni hisoblaş mumkinligini aytgan.

«A — aniq dodini berişadi, B — şundan keyin zararni baholaş mumkin, eng asosiysi esa, V — barçasi qayta tiklanadi», — degan u. Buning uçun 108 mlrd rubl ajratilgani va mahalliy ma’muriyat bayram kunlari ham iş olib borişi ta’kidlangan. 

  • Vladimir Putin katta matbuot anjumani bilan birlaştirilgan an’anaviy «jonli muloqot» ötkazmoqda. Rossiya prezidenti bunday formatdan qatorasiga ikkinçi yil foydalanmoqda.
  • Taşkilotçilarga köra, rossiyaliklar Putinga 2 millionga yaqin savol yuborgan.
  • Ötgan yili Putin savollarga tört soatdan ortiq vaqt mobaynida javob qaytargandi — bu uning Ukrainaga keng kölamli bosqin boşlanganidan buyon dastlabki jonli muloqoti bölgandi.