Rossiya Davlat Dumasi migrantlarning rus tili imtihonidan öta olmagan farzandlarini rus maktablariga qabul qilişni taqiqlovçi qonun loyihasini birinçi öqişda ma’qulladi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.

Qonun loyihasiga köra, test sinovlari ötkaziş tartibi Ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.

«Boşlanğiç umumiy, asosiy umumiy va örta umumiy ta’lim dasturlarini özlaştiriş uçun yetarli bölgan rus tilini biliş böyiça test sinovlaridan ötmagan şaxslar uşbu ta’lim dasturlarini özlaştirişga ruxsat etilmaydi», deyiladi qonun loyihasida.

Bundan taşqari, maktablarga va boşqa ta’lim organlariga qabul qilinganda, «bolaning Rossiya hududida bölişining qonuniyligini tekşiriş» amalga oşiriladi.

Davlat Dumasi spikeri Vyaçeslav Volodin joriy öquv yili boşida migrant bolalarning 41 foizi rus tilini bilişda qiynalayotganini aytgan edi. Uning fikriça, sifatli ta’lim oliş va maktab öquv dasturini özlaştiriş uçun «rus tilini biliş kerak».

«Aks holda, tilni bilmagan bola uçun örganiş va ijtimoiy moslaşiş jarayonlari nihoyatda qiyinlaşadi, sinfdoşlari va öqituvçilari uçun muammolar paydo böladi. <…> Mamlakatimizga kelganlar rus tilini bilişi, rus madaniyati va tarixini hurmat qilişi, Rossiya qonunlariga qat’iy rioya qilişi şart», dedi u.

2024 yil martida tojikistonlik migrantlar ayblangan «Krokus Siti Xoll» konsert zalidagi teraktdan söng, Rossiya hukumati migrantlar huquqlarini tobora köproq çeklay boşladi. Oktyabr oyida Davlat Dumasiga noqonuniy migratsiya uçun jazoni kuçaytiruvçi beşta qonun loyihasi kiritildi. Şuningdek, migrantlarni deportatsiya qilişning yangi maxsus rejimi joriy qilindi.