Kurdlarning qamoqdagi yetakchisi o‘z guruhini qurollarni tashlashga chaqirmoqchi
Turkiya qamoqxonasida umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan Abdulla O‘jalan kurdlarni qurolli qarshilikni to‘xtatishga chaqirishga tayyor. Uning bayonotini kurdparast DEM partiyasi yetkazdi.
Turkiyaning Imrali orolidagi qamoqxonada umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) yetakchisi Abdulla O‘jalan KIPni qurollarini tashlashga chaqirishga tayyor. Bu haqda kurdparast Tenglik va demokratiya turk xalq partiyasi (DEM) ikki deputatining 29 dekabr, yakshanba kuni bergan bayonotiga tayanib, Reuters xabar qildi.
Murojaatda O‘jalan o‘z partiyadoshlariga qanday shaklda murojaat qilishi mumkinligi aniqlashtirilmagan.
Erdo‘g‘an O‘jalanni bayonot berishga chaqirdi
O‘jalanning bayonotidan oldin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning partiyasini qo‘llab-quvvatlovchi Turkiyaning MHP partiyasi yetakchisi tegishli chaqiriq bilan chiqdi. U kurd rahbarini ozod etilishi evaziga Kurdiston ishchilar partiyasini qurolli qarshilikni to‘xtatishga chaqirishni taklif qildi. Erdo‘g‘an bu taklifni «tarixiy imkoniyatlar oynasi» deb atadi.
Suriyaning yangi hukumati mamlakatda kurdlarga qarshi kurashmoqchi emas
«Hay’at Tahrir ash-Shom» (Hsh) guruhi yetakchisi, Abu Muhammad al-Juloniy nomi bilan tanilgan Ahmad al-Shara Al Arabiya telekanaliga bergan intervyusida Suriyadagi o‘tish davri hukumati Suriya kurdlar demokratik kuchlari (SDK) bilan jang qilish niyatida emasligini aytdi: «Suriya shimoli-sharqidagi inqirozni hal qilish uchun SDK bilan muzokaralar olib borilmoqda». Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Damashqdagi yangi hokimiyatning maqsadi SDKni Suriya qurolli kuchlari tarkibiga qo‘shishdir.
Xsh yetakchisi kurdlar Suriya davlatining ajralmas qismi ekanligi haqidagi fikri bilan o‘rtoqlashdi va mamlakatni bo‘lib tashlash rejalarini rad etdi. «Suriyaning bo‘linishi bo‘lmaydi», deb ishontirdi u. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, yangi hokimiyat Suriyaning KIP uchun platsdarm bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Abdulla O‘jalan Turkiyada umrbod qamoq jazosini o‘tamoqda
Kurdiston ishchilar partiyasi asoschisi va rahbari Abdulla O‘jalan 1999 yildan beri Istanbul janubidagi Imrali orolida umrbod qamoq jazosini o‘tamoqda. Turkiya sudi dastlab uni o‘limga hukm qilgan, biroq keyinchalik mamlakatda bu jazo bekor qilingan.
Qamoqqa olinishidan oldin O‘jalan Gretsiya, Rossiya va Italiyadan siyosiy boshpana so‘ragan, ammo hamma joyda rad etilgan. 1999 yil boshida u Gretsiyaning Keniyadagi elchixonasida panoh topishga muvaffaq bo‘ldi, lekin u yerdan Keniya poytaxti Nayrobi aeroportiga olib ketildi va Turkiyadan maxsus kelgan qo‘lga olish guruhiga topshirildi.
Abdulla O‘jalanning siyosatdagi yo‘li 1960-yillarda boshlangan. 1978 yilda u Kurdiston ishchilar partiyasiga asos solgan va keyinchalik Kurdiston mustaqilligiga erishish maqsadida qurolli qarshilik siyosatini boshlagan. Xususan, uning partiyasi Turkiyadagi teraktlar uchun javobgardir. Germaniyada KIP 1993 yildan beri ekstremistik tashkilot sifatida tan olingan. Shuningdek, AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya tomonidan terrorchi hisoblanadi.
Mavzuga oid
19:24 / 31.12.2024
Turkiya Suriyani elektr energiyasi bilan ta’minlashga va’da berdi
15:52 / 30.12.2024
O‘zbekiston mahsulotlari Turkiya porti orqali Yevropa va Afrikaga eksport qilinishi mumkin
20:48 / 25.12.2024
Erdo‘g‘an Suriyadagi kurd qurolli guruhlarini «dafn etish»ga va’da berdi
17:38 / 24.12.2024