Dekabrda eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani aytildi
Statistika agentligi 2024 yilning dekabr oyi uchun “Palov indeksi”ni e’lon qildi.
Osh markazlarida eng qimmat palov Toshkent shahrida sotilgan bo‘lib, bir porsiyasi 34 744 so‘m bo‘lgan. Eng arzon osh esa Namangan viloyatida — bir porsiyasi 22 201 so‘mdan sotilgan.
Qolgan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan bir porsiya palovning o‘rtacha narxlari quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 25 718 so‘m;
- Andijon viloyati – 31 184 so‘m;
- Buxoro viloyati – 33 717 so‘m;
- Jizzax viloyati – 28 762 so‘m;
- Qashqadaryo viloyati – 30 688 so‘m;
- Navoiy viloyati – 26 8759 so‘m;
- Samarqand viloyati – 30 480 so‘m;
- Surxondaryo viloyati – 28 575 so‘m;
- Sirdaryo viloyati – 25 741 so‘m;
- Toshkent viloyati – 27 300 so‘m;
- Farg‘ona viloyati – 26 602 so‘m;
- Xorazm viloyati – 30 939 so‘m.
Narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.
Mavzuga oid
16:17 / 03.01.2025
«Palov indeksi»: O‘zbekistonda osh narxi bir yilda qanchaga oshdi?
16:47 / 30.12.2024
2024 yilda AQShda uysizlar soni rekord darajaga yetdi
08:45 / 24.12.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi salkam 60 mlrd dollarga yetdi
10:56 / 22.12.2024