Toshkentda noqonuniy tarzda dori savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berishicha, fuqaro M.U. o‘tkazish maqsadida boshqa shaxslardan olib kelgan sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 300 quti (jami 1 500 dona) “Ferrozal” nomli dori vositasini fuqaro T.A.ga 21 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.
So‘ng uning avtomashinasidan yana 4 quti dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
11:20 / 30.12.2024
14 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosiga chek qo‘yildi
10:31 / 22.12.2024
Bojxona postidan 9 oylik chaqalog‘ining kiyimlariga dori yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
15:25 / 05.12.2024
IJQKD dorilar xaridi qonuniyligi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadi
17:32 / 30.11.2024