Toşkent şahridagi 59-maktab öquvçisi sil kasalini otasidan yuqtirib olgan. Bu haqda 31 yanvar kuni ötkazilgan matbuot anjumanida Sanepidqömita direktori örinbosari Otabek Nurmatov ma’lum qildi.

Unga köra, öquvçining oilasida kasallik öçoği bölgan, u otasidan kasallikni yuqtirib olgan, ota 2 yil oldin şu kasallikdan vafot etgan.

Mas’ul bu haqda Kun.uz muxbirining 59-maktabdagi holat va 2023 yilda silga moyil bolalar maktab-internatlar yopib yuborilgani örtasidagi boğliqlik ehtimoli haqidagi savoliga javob beriş asnosida gapirgan.

Ma’lum bölişiça, qiz 1-sinfdan beri 59-maktabda öqib kelgan.

«Silga moyil bolalar uçun ta’lim muassasalari faoliyat yuritişi uçun şunga yaraşa kontingent bölişi kerak. Bir bola uçun bir maktab, bir öqituvçi bitta dastur yoki bitta bino qurilmaydi. Şuning uçun vaziyatdan kelib çiqiladi», – deydi Otabekov.

U sil «davolasa böladigan» kasallik ekanini aytib, bundan fojia yasaş kerak emasligini ta’kidladi.

«Sil kasali hozir töliq davolab yuboriladigan kasallik. Faqat kasallikning ba’zi bir ştammlari antibiotiklarga juda ham çidamli bölgani uçun ular statsionar şaroitida huquqiy idoralarning qarori bilan davolanadi va ular aholi orasiga çiqarib yuborilmaydi. Öylaymanki, bemorlar heç qanaqa asoratlarsiz tuzalib ketadi», – deya mas’ulning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Qömita vakiliga köra, bunday vaziyatlarda maktablarda faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari surunkali kasalligi bor öquvçilar röyxatini tuzib, kasalikka çalingan yoki çalinmaganini erta aniqlaş çoralarini köriş kerak.

Eslatib ötamiz, 24 yanvar kuni Toşkent şahri Şayxontohur tumanidagi 59-maktabning silga çalingan 11-sinf öquvçisi kasallikni sinfdoşiga yuqtirgani xabar qilingandi. Yana tört kişida kasallikka moyillik aniqlangan va ular ham davolanişga yotqizilgan.

Oldinroq Kun.uz saytida respublikadagi silga moyil va skolioz bölgan bolalar maktablari yopib yuborilayotgani va silga moyil öquvçilar oddiy maktab öquvçilariga qöşib öqitilişi mumkinligi haqida suriştiruv