Anqara gubernatori Vosip Şahin Turkiya poytaxti viloyatida qalbaki spirtli içimlik iste’mol qiliş oqibatida 33 kişi vafot etganini ma’lum qildi.
«Qalbaki alkogol iste’moli oqibatida 33 kişi vafot etdi, 20 kişi jonlantiriş bölimida qolmoqda», — deydi Şahin.
Amaldorning ta’kidlaşiça, bozorda qalbaki alkogol paydo bölişiga oid vaziyat yuzasidan ötkazilgan tergov davomida «32 kişi uşlangan, ularning 13 nafari hibsda qolmoqda».
Şahin şuningdek, jamoatçilikni qalbaki spirtli içimliklarni sotayotganlar töğrisida xabar berişga çaqirgan.
Özbekistonning Istanbuldagi Boş konsulxonasining ma’lum qilişiça, elçixona bilan birgalikda olib borilgan örganişlar natijasida vafot etganlar orasida Özbekiston fuqarolari yöqligi aniqlangan.
«2025 yil yanvar oyidan boşlab mutasaddi taşkilotlar tomonidan Turkiyaning barça viloyatlarida tekşiruvlar ötkazilib, katta miqdorda soxta spirtli içimliklar va texnik spirtlar musodara qilindi. Şu munosabat bilan bir neçta şaxslarga nisbatan jinoiy iş oçildi», — deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, yanvar örtalarida Istanbuldagi tibbiyot muassasalariga qalbaki alkogol tarkibidagi metanoldan zaharlangan 90 ga yaqin odam murojaat qilgani töğrisida xabarlar tarqalgan edi. Ular orasida Özbekiston fuqarolari ham bor bölib, sönggi ma’lumotlarga köra, spirtli içimlikdan vafot etgan özbekistonliklar soni 23 kişini taşkil etmoqda. Ba’zi Özbekiston fuqarolari zaharlangan bölsa-da, uy şaroitida davolanişga harakat qilib, şifoxonaga bormagan holatlar ham aniqlangan. Mazkur holatga aloqadorlikda ayblanib, ikki nafar Turkmaniston fuqarosi qölga olingan va ularga nisbatan jinoyat işi oçilgan.








