AQSh Isroilga 7,4 mlrd dollarlik qurol sotishni ma’qulladi
Xususan, Qo‘shma Shtatlar Isroilga AGM-114 Hellfire raketalarini, JDAM aviabombalari va o‘q-dorilar yetkazib beradi.

Foto: Getty Images
AQSh prezidenti ma’muriyati Isroilga 7,4 milliard so‘mlik qurol sotishni ma’qulladi, deb xabar beradi Anadolu Ajansi.
Pentagonning Mudofaa xavfsizligi sohasi bo‘yicha hamkorlik agentligi tomonidan Kongressga yo‘llangan xabarnomada keltirilishicha, AQSh Davlat departamenti Isroilga 7,4 milliard dollarlik qurol sotishni ma’qullagan.
Xususan, AQSh tomoni Isroilga 660 million dollarga AGM-114 Hellfire raketalarini, shuningdek, 6,75 milliard dollarga bombalar, o‘q-dorilar, kuzatuv vositalari, raketa va yordamchi uskunalarni yetkazib beradi.
Shuningdek, Isroilga kichik diametrga mo‘ljallangan 2166 ta bomba, og‘irligi 500 funtni tashkil etadigan 2800 ta «fugas» bombalari, 13 mingta JDAM aviabombalari, minglab bombalar va turli toifadagi nishonni aniqlovchi tizimlarni sotadi.
«Ta’kidlash kerakki, AQSh ma’muriyatining mazkur tashabbusi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning Vashingtonga tashrifi vaqtiga to‘g‘ri keldi. Agar 15 kun ichida AQSh Kongressi savdoni bloklovchi biror e’tirozni bildirmasa, savdoni ma’qullash jarayoni yakunlangan hisoblanadi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni hibsga olishga order bergani uchun javob tariqasida Haagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS)ga qarshi sanksiyalar joriy etish haqidagi farmonni imzolagandi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hafta oxirida havo iliq bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 12:37
-
Surxondaryoda 3 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 9,5 yilga qamaldi
O‘zbekiston | 12:23
-
Toshkentda bir kunda belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganlarga 11 mln so‘m jarima qo‘llandi
O‘zbekiston | 12:06
-
IHeS Ukrainani 2014 yil mayida Odessadagi odamlar o‘limida qoraladi
Jahon | 12:03
Mavzuga oid

23:14 / 12.03.2025
Arab davlatlari TIV rahbarlari G‘azoni qayta tiklash masalasini muhokama qilmoqda - OAV

13:23 / 12.03.2025
Husiychilar Isroilga aloqador kemalarga yangi hujumlar bilan tahdid qildi

12:25 / 10.03.2025
Isroil G‘azoga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi

21:58 / 09.03.2025