Ijtimoiy tarmoqlarda Ka’ba atrofida suratga oliş taqiqlangani haqida xabarlar tarqaldi. Saudiya Arabistoni elçixonasining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, Ka’bani tavof qiliş vaqtida foto va videoga oliş uçun heç qanday jarima yoki deportatsiya jazosi yöq. Şu bilan birga, noxuşliklarning oldini oliş uçun ziyoratçilarga tavof vaqtida Ka’bani suratga olmaslik tavsiya etiladi.

Kuni keça ijtimoiy tarmoqlarda Haj va Umra ziyoratiga doir bir qança ma’lumotlar tarqaldi.

Dastlab, turli naşrlar Saudiya Arabistoni Fuqaro aviatsiyasi boş boşqarmasining xatiga tayanib, Umra ziyoratiga boradiganlardan endilikda meningitga qarşi emlanişi talab etilmaydi, degan mazmunda xabar tarqatdi. Xatga köra, Saudiya Fuqaro aviatsiyasi qirollikdagi barça aeroportlarda faoliyat yurituvçi aviakompaniyalarga, şu jumladan xususiy taşuvçilarga meningitga qarşi vaksina talabini bekor qiliş haqida topşiriq yuborgan.

Özbekiston Sanitariya va epidemiologiya qömitasiga köra, bu xabar haqiqatga töğri kelmaydi. “Saudiya Arabistoni Umra va Haj ziyoratlariga boruvçilarda meningit kasalligiga qarşi emlanganlik haqida hujjat bölişi zarurligini rasman bekor qilmagan”, deyiladi qömita bayonotida.

Kun.uz muxbiri Saudiya Arabistonining Özbekistondagi elçixonasi bilan boğlanib, vaziyatga oydinlik kiritdi. Ma’lum qilinişiça, Umra va Haj ziyorati uçun keladiganlarga meningitga qarşi emlaniş – Saudiya Arabistoni Soğliqni saqlaş vazirligining talabi bölib, u öz kuçida qolmoqda.

“Diniy qömita tomonidan berilgan litsenziya asosida faoliyat yurituvçi turfirmalar ziyoratçilarni Umraga olib borişida emlanganlik haqida sertifikat zarur. Bu – ziyoratçilar uçun majburiy talab. Şu bilan birga, qirollikka boşqa maqsadlarda, sayyohlik vizalari bilan kirişda vaksina talab qilinmaydi”, – dedi elçixona rasmiysi.

Bundan taşqari, şu kunlarda instablogerlar Haj va Umraga borayotganlarni “ogohlikka çaqirib” bir neça çiqişlar qildi. Ulardan birida şunday deyiladi: