Din işlari böyiça qömita 21 noyabr kuni Umra tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş faoliyatini amalga oşiriş uçun yakka tartibdagi litsenziya beriş böyiça tanlov ğoliblari röyxatini e’lon qildi.

Tanlov komissiyasining qaroriga muvofiq 12 ta turfirma tanlov ğolibi deb topilgan. Ularning 6 tasi Toşkent şahrida, 3 tasi Namangan viloyatida, Xorazm, Farğona va Andijon viloyatlarida esa bittadan litsenziyaga ega firmalar joylaşgan.

Ayni vaqtda Umra ziyorati uçun litsenziyaga ega 12 ta tur firmaning röyxati bilan uşbu havola orqali tanişib çiqiş mumkin.

Din işlari böyiça qömita Ziyorat turizmi boşqarmasi mas’ullarining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, yuqoridagi 12 ta turfirmaning barçasi 1 million dollar mablağni – sömdagi ekvivalentida zaxiraga qöygan.

“Uşbu turfirmalarga berilgan litsenziyalar muddatsiz amal qiladi. Şuningdek, yana boşqa turfirmalarda litsenziya oliş istagi bölsa, şartlarni bajarib, qömitaga ariza berişi mumkin. Ularning arizasi ham körib çiqiladi”, - dedi qömita rasmiysi.

Ma’lum qilinişiça, litsenziyada körsatilmagan manzil böyiça Umra tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş faoliyati bilan şuğullaniş taqiqlanadi. Şu bilan birga zarurat holatlarda firmaning vakolatxonalari orqali ham xizmat körsatişi körib çiqilişi mumkin.

Şuningdek, Din işlari böyiça qömita Umra tadbirlarini taşkil etiş va ötkazişga oid xizmatlarini litsenziyaga ega bölmagan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan körsatiş taqiqlangani hamda buning uçun yuridik şaxslarga BHMning 200 baravari miqdorida jarima belgilanganini eslatib ötdi.

Eslatib ötamiz, 2022 yil oxirlarida Özbekistonda Umra safarini sayyohlik firmalari orqali ham taşkil etişga qisman ruxsat berilgan edi. Keyinroq, 2023 yil 1 noyabrdan Umra tadbirlarini taşkil etuvçi turfirmalarga litsenziya oliş uçun 100 ming dollardan kam bölmagan mablağni bank rekvizitiga zaxira qilişi, diniy (islomiy) ta’lim yönalişlari böyiça mutaxassis va musulmonlar idorasidan guruh rahbari olişi kabi qator şartlar qöyildi.