2025 yil fevral oyi boşidan Umra amallarini bajariş uçun Saudiya Arabistoniga boradigan ziyoratçilardan meningitga qarşi emlanganlik haqidagi hujjat talab etiladi. Uşbu davlat Soğliqni saqlaş vazirligi şuni talab qiluvçi hujjat qabul qildi.

Saudiya Arabistoni Soğliqni saqlaş vazirligi saytida e’lon qilingan yangi tartibga köra, mamlakatga Umra va Haj ziyorati yoki ziyorat davrida mavsumiy işlaş uçun keladiganlardan meningitga qarşi emlaniş talab etiladi. Bu kasallik boş miya qobiği va orqa miyaning yalliğlanişi bilan keçadi. Unda aytilişiça, barça mamlakatlardan keladigan 1 yoş va undan katta fuqarolar uşbu kasallikdan emlanganlik haqida sertifikat taqdim etişi kerak. Saytda qirollik tomonidan tasdiqlangan vaksinalar nomi ham keltirilgan:

MenACWY polisaxarid vaksinasi — ötgan uç yil içida va mamlakatga kelişdan kamida 10 kun oldin qabul qilingan bölişi kerak;

MenACWY conjugated2 vaksinasi — ötgan beş yil içida va mamlakatga kelişdan kamida 10 kun oldin qabul qilingan bölişi kerak.

Bundan taşqari, Qirolikka kiriş uçun poliomiyelit infeksiyasi va sariq bezgakka qarşi emlanganlik ham talab etiladi.

Özbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita raisi hamda Haj va Umra ziyoratlarini taşkil etişda iştirok etuvçi turfirmalar, şuningdek, aviakompaniyalarga uşbu holat böyiça xat bilan çiqdi. Unda ayni paytda respublikaning ayrim hududlarida meningokokk infeksiyasi böyiça epidemik vaziyat murakkablaşgani qayd etilgan.

“Jahon Soğliqni saqlaş taşkiloti ma’lumotlariga köra, ayni davrda ötkir respiratorli infeksiyalar, şu jumladan, meningokokk infeksiyasi bilan kasallaniş holatlari köpayişi kuzatilayotgani ma’lum qilingan. Ma’lumotlarga köra, har yili dunyo böylab taxminan 300 mingdan 500 minggaça meningit holatlari qayd etiladi. Şu jumladan, 30 mingdan 50 minggaça ölim holatlari kuzatiladi.

Ayni paytda respublikaning qator ma’muriy hududlarida, jumladan, Toşkent şahri, Jizzax, Namangan viloyatlarida meningokokk infeksiyasi böyiça epidemik vaziyat murakkablaşgani kuzatilmoqda. Kasalliklar orasida ölim holatlari ham kuzatilgan. Epidemiologik suriştiruvlarda aksariyat holatlarda kasallik mamlakatdan taşqarida bölib qaytgan fuqarolarning muloqotidan keyin yuzaga kelgani, ayniqsa, Umra safari bilan boğliqligi aniqlangan”, deyiladi qömita xatida.