2024 yilgi xalqaro havo sifati hisoboti e’lon qilindi. Yillik hisobda eng ifloslaniş yuqori hudud Afrikaning Çad davlati bölgan, keyingi örinlarni Bangladeş va Pokiston egallagan. Hududlarda PM2,5 mos ravişda 91,8, 78,0 va 73,7 mkg/m3ni taşkil qilgan. Özbekiston reytingda 19-örinda turibdi, ifloslaniş körsatkiçi –31,4 mkg/m3. Özbekiston 2023 yilda reytingda 23-örinni qayd etilgandi.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida Tojikiston 6-örinda 46,3 mkg/m3, 26-örinda Turkmaniston – 26,5 41 mkg/m3, Qirğiziston – 21,1 mkg/m3 va 71 örinda Qozoğiston – 15,1 mkg/m3 ni qayd etgan.

Dunyo böylab faqat 12 davlat JSST tavsiya qilgan PM2,5 me’yoridan past körsatkiçni körsatgan. Bular Lotin Amerikasi, Karib va Okeaniya hududlari.

Afrika, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari dunyodagi eng iflos havoli hududlardan biri sanalgan. Afrikada havoni monitoring qiliş uskunlari köpayayotganiga qaramasdan, ma’lumotlarni davomiy, uzmasdan olib turiş imkonsizligiça qolmoqda. Ğarbiy Osiyo davlatlarida ham köproq yangi monitoring uskunalariga ehtiyoj bor. Ma’lumotlar yetişmasligi bilan boğliq asosiy böşliqlar Afğoniston, Eron va Ummonda kuzatilyapti.

Hisobot PM2,5 konsentratsiyasi böyiça 138 mamlakatning 8954 ta şahri va hududlaridan yiğilgan ma’lumotlarga tayangan. 2023 yildagidan farqli ravişda 2024 yilgi reytingga 10 yangi mamlakat va hudud qöşilgan. Ma’lumotlar 40 mingdan ortiq doimiy havo monitoring stansiyalari va past narxli sensorlardan töplangan. PM2,5 konsentratsiyasi JSST tavsiya qilgan yillik PM2,5 me’yori – 5 mkg/m3 ga tayanib hisoblangan. Hisobot IQAir platformasining real vaqtdagi onlayn monitoring ma’lumotlarini öz içiga oladi.