Tomoq-burunga oid xastaliklari yoki allergiyasi bor rözadorlarga oğiz yopiş va oçişda allergiya beruvçi mahsulotlardan uzoq böliş, mineral tuzlari bor suvlar iste’mol qiliş va burunni tuzli suv bilan çayiş tavsiya etiladi. Bu haqda lor Bobur Zulunov tavsiyalar berdi.
Şamollaş, gaymorit yoki allergiya kabi kasalliklari bor rözadorlar qanday çoralar körişi tavsiya etiladi, nimalar iste’mol qilişi va qanday mahsulotlardan uzoq bölişi kerak? Bu savollarga şifokor Bobur Zulunov javob berdi.
Şifokor rözadorda eng köp oğiz qurişi uçraşini aytadi. “Oğiz böşliğida sölak bezlari böladi va ularning vazifasi sölak işlab çiqariş. Aynan sölak işlab çiqarişda birlamçi mahsulot bu taşqi muhitdan qabul qilinadigan suyuqlik hisoblanadi. Normal holatda odam bir kunda 2-3 litrgaça suv içsa, rözada kamayadi”, – dedi u. Şifokor bunday holatda iftorlikdan keyin va saharlikkaça bölgan vaqtda tarkibida natriy kaliy kabi tuzlar bölgan gazsiz mineral suvlar içişni tavsiya etdi. Çunki tuzli suvlar organizmda namlikni uzoqroq vaqt saqlab turadi va oğiz qurib qolişi muammolari kamayadi.
Şuningdek, şifokor romaşka va mavrak kabi damlaş uçun möljallangan ösimliklardan damlama tayyorlab, tomoqni tez-tez çayib tursa ham, foydali bölişini qöşimça qildi.
Yana bir maslahat – allergiya çaqiruvçi moddalarni kamroq iste’mol qiliş. Bularga şirinliklar, aççiq va şör narsalar kiradi.
“Allergiya Özbekiston şaroitida eng keng tarqalgan kasallik hisoblanadi. Çunki iqlim quruq, şuning uçun allergik renit va allergik faringit odamlarni köp bezovta qiladi. Toşkentda havo yomonlaşganidan kiyin allergik renit köpaydi, hatto bu yoş bolalarda ham kuzatildi. Oldinlari bu yoşi kattalarda köp uçrar edi. Bunday holatlarda bemorlar özlarida qanday moddalarga allergiya borligini testlar topşirib bilib olişlari kerak”, – dedi Zulunov.
Şifokor hamma uçun umumiy tavsiya sifatida burunni doimiy tuzli suv yordamida yuvib yuriş lozimligini aytdi.
“Burunni tuzli suv bilan har kuni ertalab yuvişni har bir bemorimga takror-takror aytaman. Çunki havodagi allergen moddalar burun şilliq qavatiga ötiradi, tuzli suv esa uni yuvib tuşiradi va qavatni nam saqlaydi. Buning yoş çegarasi yöq, hatto yangi tuğilgan çaqaloqlarga ham tavsiya etaman.Bolalar uçun alohida, kattalar uçun alohida işlab çiqarilgan”, – dedi u.
Şifokorning ta’kidlaşiça, tarkibida maxsus moddalari bor tuzli suvlar dorixonalarda sotiladi. Sotib olişdan oldin şifokor bilan maslahatlaşiş tavsiya etiladi. Bu allergiyaga yaxşi yordam berib, profilaktikasini ta’minlaydi.







