Toşkent şahrida havo ifloslangan oylarda qizimda şamollaş tez-tez takrorlandi, deydi 3 yoşli qizning onasi. Çindan ham şundaymi, şahar havosida PM2,5 oşişi viruslar yuqişini tezlaştiradimi? Kun.uz suhbatlaşgan onalar poytaxt havosi yomonlaşgandan beri bolasida şamollaş belgilari köp kuzatilganini aytyapti. Virusolog esa PM2,5 köpaygan havodan nafas olgan kişi nega viruslarni tez-tez yuqtirib olişi va tuzalişi qiyinligini tuşuntirdi.
PM2,5 va ÖRVI boğliqligi
Şarqiy Afrikadagi davlatlardan biri Keniyada 5 yoşgaça bölgan bolalarning ötkir respirator virusli infeksiya yuqtirib olişi va havodagi PM2,5 konsentratsiyasi örtasidagi boğliqlik örganildi. Olimlar PM2,5 miqdori yuqori havodan uzoq vaqt nafas olgan bolalarda ÖRVIga çaliniş xavfi baland bölişini aniqladi. Tadqiqotda qatnaşgan 7036 nafar 5 yoşgaça bölgan bolalarning 46,8 foizi havo ifloslangan dastlabki 2 haftada ÖRVI simptomlari bilan murojaat qilgan. Öşa oyda PM2,5 18,31 mkg/m3ni taşkil qilgan. Bu JSST belgilagan me’yordan bir 3-4 marotaba yuqori.
PM2,5 va Toşkent şahrida bolalarda şamollaş ortgani yoki yöqligi haqida aniq raqamlar yöq. Kun.uz mavsumiy kasalliklar bilan boğliq murojaat poytaxtda yillar kesimida qança ekani haqidagi ma’lumotlarni oliş uçun Sanepidqömitaga sörov yubordi. Biroq qömita tahririyat sörovini javobsiz qoldirdi.
Umuman olganda poytaxt aholisi orasida poliklinikalarida kuz-qiş mavsumida joylar tölib qolayotgani, navbatlar ortgani haqida xabarlar tarqalyapti. Jumladan, 2024 yilning noyabr oyida Toşkentning Yunusobod tumanidagi 1-sonli bolalar klinik şifoxonasi bemorlar bilan tölgani aks etgan videolar
. Undan keyin yanvar oyida Respublika pediatriya markazi metapnevmovirusga çalingan bolalardan köp murojaat bölgani aytilgan video tarqalgandi. Vazirlik buni rad etib, markazning ayrim bölimlarida profilaktika işlari olib borilgani va vaqtinça yopilganini aytib, qayta oçilgaç bemorlar tabiiy ravişda köpayganini
Poliklinikalarda bemor köpayişi Toşkent şahrida yaşovçilarning oşgani bilan boğliqmi yoki PM2,5 bilanmi buni aniq aytiş qiyin. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi aniq statistikalar e’lon qilgandan keyin, biror xulosa aytiş mumkin.
Onalar bolalaridagi şamollaş haqida
Kun.uz 4 yoşgaça bola parvariş qilayotgan onalar bilan ayni mavzuda suhbatlaşdi. Ular poytaxtda havo tarkibi yomonlaşa boşlagan davrlarda bolasida respirator kasalliklar tez-tez takrorlanib turişini kuzatayotganlarini aytişdi.
“Şahar havosi yomonlaşganda, şamollaşi kuçaygan”
3 yoşli qizning onasi:
2024 yilning oktyabr-noyabr oylarida Toşkent şahri havosi ifloslik darajasi yuqoriladi va şu paytlarda qizimning şamollaşi ança uzoq davom etib nisbatan kuçliroq dorilar qabul qilişga majbur böldik. Qizimda hozir ham biroz burun oqişi kuzatilib turibdi va bu juda tez qaytalanadi.
Qizim tengi boşqa bolalarning ham burni oqib yurişini köp köraman. Virus ta’sirida burunda ham yalliğlaniş paydo bölsa ketişi juda qiyin. Vraçlar köpinça burun qiyşiqligi va şunga öxşaş sabablarni aytişadi. Havo iflosligining ta’siri haqida esa köpçilik çuqurroq ma’lumot bermaydi. Menga ekologiyasi toza davlatlarda şamollaş mavsumi qanday ötişi, bolalarning viruslar bilan kasallangandagi holati bizning bolalar bilan soliştirganda qançalik farq qilişi qiziq. Ona sifatida havo iflosligining nafas kasalliklari bilan boğliqligini ayniqsa Özbekiston şaroitida köproq örganilişi tarafdoriman. Bizda havo iflosligi darajasi bolalar va kattalarning respirator kasalliklarni ötkazişlariga qançalik ta’sir qilişi yaxşiroq örganilişi kerak.
Agar bolalar kasal bölsa, havo bu kasallaniş vaziyatini oğirlaştirsa, onalar bolalari tuzalavermagaç kuçliroq dorilar, antibiotiklarni tanlaşga majbur böladi. Balki antibiotiklar iste’moli köpligining bir sababi şunga ham borib taqalar. Masalan, havo iflosligi yuqori Hindistonda ham antibiotiklar iste’moli yuqori, buning sababi ularda ham yalliğlaniş kuçliligi bilan boğliq bölsa kerak.
“Havoni namlantiradigan jihoz olganimizdan keyin yaxşilangan”
3 yoşgaça bölgan 2 farzandi bor ona:
2021 yilda birinçi farzandim tuğilgan. Qizimda 2 yoşgaça heç qanaqa muammo sezmaganman. 2022 yilda şahar havosi ifloslanişni boşlagaç, yötal, burun bitişi, xirillab nafas oliş tez-tez takrorlanadigan bölib qolgandi. Burun orqali soğlom nafas olinmagani hisobiga, oson şamollab, tuzalişi qiyinlaşib qoldi.
Toşkentda havo namlantiradigan apparat olganimizdan keyin holat ança yaxşilangan. Şamollaşlari osonroq ötadigan va tezroq tuzaladigan böldi. Keyinroq havoni filtrlaydigan jihoz oldik va bundan keyin yana ham yaxşiroq nafas oladigan bölişganini sezdim. Mana 2 oydan beri Buyuk Britaniyada yaşayapmiz. Hozir bolalarim holati butunlay yaxşilangan. Keçqurunlari oğzini oçib uxlamadi, yaxşi nafas oladi, umuman şamollaşmadi. Özim esa uyqum sifati yaxşilangan, jismoniy çarçoqlar yöq, ertalab holsizlanib uyğoniş ham yöqolgan.
“Bolalarimning tez-tez burni oqadi”
4 yoşgaça bölgan 2 öğli bor ona:
Bir öğlim 2021 yil tuğilgan, keyingisi 2022 yil. Ikkalasi ham 1 yoşgaça kasal bölmagan. Lekin hozir ikki farzandimning ham burni oqib, tez burni bitadi. Bunga havo sabab deb öylayman. Gripp mavsumida ular ham boşqa bolalar kabi bu kasallikni boşidan ötkazadi. Lekin havo yomonlaşsa, ularda allergiya ham paydo böladi. Özim misolimda aytadigan bölsam, 2022 yildan beri gripp bölganimda juda sekin tuzaladigan bölib qoldim. 1 oylab uzoq davolanib yotaman, turmuş örtoğim ham şunaqa. Şamollaş juda oğir ötadigan bölib qoldi. Balki bu koronavirus bilan boğliqdir. Buni aniq bilmayman.
“PM2,5’ning köpayişi va infeksiyalar yuqiş tezligi”
Kun.uz havo ifloslanişi va infeksiyalar yuqişi örtasidagi boğliqlik haqida Kaliforniya universiteti virusologi Şarof Tugizovdan ma’lumot oldi. Uning aytişiça, dunyoda PM2,5 konsentratsiyasi oşgan şaharlarda kovid infeksiyasi va u bilan boğliq ölim holatlari kuçaygani kuzatilgan. Şundan keyin boğliqlikni örganiş uçun ilmiy işlar qiliş boşlangan. Boşlangan tadqiqot natijalari endi e’lon qilina boşladi.
“Ularga köra, havoda zaharli zarraçalarning köpayişi virusli infeksiyalarning köpayişiga sabab bölişi aniqlangan. Uning yuqiş mexanizmlari ham aniq böldi. Birinçi navbatda namgarçilikda PM2,5 kötarilib ketsa, öşa havodagi viruslar bilan boğlanadi. Kasal odam nafas olganda virus taşqariga çiqadi, agar şu yerda PM2,5 köp bölsa, bir-biriga boğlanib kompleks hosil qiladi”, - deb tuşuntirdi virusolog.
Uning qöşimça qilişiça, namgarçilik PM2,5 zarraçalari organizm içiga kirişini ham tezlaştiradi. Bu qanday böladi?
“PM2,5 zarraçalari oğiz burun şilliq qavatlarini buzadi. Şilliq qavatlar odamni virusdan himoya qiluvçi birinçi vosita. Agar ular buzilsa, himoya pasayadi. Zarraçalar yalliğlaniş çaqiradi. Öpka, bronxlarda yalliğlaniş bölsa, kasallik kuçayadi”, - dedi virusolog.
Olimning tuşuntirişiça, PM2,5 zarraçalari immun tizimini ham sekinlaştiradi. Masalan, tanaga virus tuşganda immun tizimi unga qarşi antitanaça işlab çiqaradi. PM2,5 zarrasi esa şu antitana işlab çiqariş jarayonini pasaytiradi. Infeksiyadan davolaniş uzayib ketadi. Bu mexanizm boşqa mavsumiy kasalliklarda ham kuzatilyapti.
Toşkentda kuz-qiş mavsumi 2 yildan beri öta yomon ob-havoli kunlar bilan ötyapti. Buning asosiy sababi havo tarkibida PM2,5 zarraçalarining me’yoridan bir neça barobar oşib ketişida. Bu esa bevosita şahardagi aksar taşkilotlar va asosan şahar atrofida mingga yaqin issiqxonalarning gaz örniga kömir yoqişi ortidan boşlandi. Tegişli qarorga köra, issiqxonalar 2025 yilning noyabr oyigaça issiqxonalariga gaz-çang tozalaş uskunalarini örnatişi kerak va bu havoning bir oz bölsa ham tozalanişiga yordam berişi kerak.
Ungaça mas’ullar Toşkentda havo yomonlaşa boşlaganidan beri qaysi kasallik bilan murojaat ortgani haqida aniq statistikani oçiqlaşlari, havo ifloslanişidan oldin aholini ogohlantiriş çorasini körişlari vaziyatni oz bölsa-da yaxşilaşi mumkin.