Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Özbekiston avtomobil bozorining fevral oyi böyiça tahlilini taqdim etdi.

Tahlillarga köra, ötgan oyda birlamçi va ikkilamçi avtomobil bozorlaridagi faollik örtaça pasaygan.

Mahalliy işlab çiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi barqaror saqlanib qolgan bölsa, xorijda işlab çiqarilgan avtomobillar savdosi ikki barobardan köproqqa kamaygan.

Elektromobillar segmentida oy yakunlari böyiça faollik pasayganiga qaramay, ötgan yilga nisbatan taqqoslaganda ösiş bor.

Birlamçi bozor

Yengil avtomobillar bozorida sotuvlarning umumiy pasayişi kuzatilmoqda, bu asosan xorijiy avtomobil segmentidagi faollikning pasayişi bilan boğliq.

Fevral oyida yengil avtomobillar savdosi ötgan oyga nisbatan 14,5 foizga kamaydi va 67,2 mingta avtomobilni taşkil etdi.

Oy davomida mahalliy işlab çiqarilgan yangi avtomobillar sotuvi deyarli özgarmadi va 21,7 ming donani taşkil etgan bölsa, yangi xorijiy avtomobillar segmentida sotuvlar 2 barobardan ortiqroqqa kamaydi.

Ikkilamçi bozor

Yengil avtomobillarning ikkilamçi bozorida ham faollik pasaydi.

Fevral oyida 43,3 ming dona avtomobil oldi-sotdisi qayd etildi. Bu joriy yilning yanvariga nisbatan 16 foizga kam.

Elektromobillar bozori

Yangi yengil elektromobillar segmenti faollikning pasayişini körsatmoqda. Fevral oyida sotuvlar 2,9 mingta elektromobilni taşkil etdi, bu ötgan oyga nisbatan 11 foizga kam.

Şu bilan birga, yillik nisbatda olganda, ya’ni 2024 yilning fevrali bilan taqqoslaganda, faollik ikki baravardan köproqqa oşgan.

Yengil avtomobil importi qisqarmoqda