Olimlar tug‘ma karlikni davolash usulini topdi
Yaponiyalik tadqiqotchilar tug‘ma karlikning asosiy sababi bo‘lgan genni «tuzatish» usulini ishlab chiqdi.

Foto: Shutterstock
Yapon tadqiqotchilari irsiy eshitish qobiliyatini yo‘qotish muammosini davolash yo‘lida muhim qadam tashladi. Ular tug‘ma karlikning asosiy sabablaridan biri bo‘lgan GJB2 genidagi mutatsiyani tuzatishga yordam beruvchi yangi gen terapiyasi usulini ishlab chiqdi.
GJB2 geni ichki quloqdagi hujayralarga tovush signallarini uzatishga ko‘maklashadigan maxsus oqsillar faoliyati uchun javob beradi. Ammo ayrim mutatsiyalar ushbu jarayonni buzib, eshitish qobiliyatining yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Olimlar bu kabi mutatsiyani genlarni tahrirlash texnologiyasi yordamida «tuzatish» usulini topdi.
Buning uchun ular tuzatilgan genni quloq hujayrasiga tashuvchi xavfsiz virusdan (AVV) foydalangan. Genlarni tahrirlashda qo‘llanadigan oddiy usullar bu kabi tashuvlar uchun juda katta hisoblanadi, shu bois olimlar jamoasi uning ixcham va nisbatan aniq versiyasini ishlab chiqqan.
Nuqsonli genga ega inson hujayralari va laboratoriya sichqonlari ustida o‘tkazilgan sinovlar gen terapiyasidan keyin hujayralar sog‘lom organizmdagi kabi ishlay boshlaganini ko‘rsatgan. Bu tug‘ma eshitish qobiliyatiga ega bo‘lmagan insonlarni samarali davolash usulini ishlab chiqishga yordam beradi.
«Bizning usulimiz davolash jarayonini soddalashtirib, uni yanada osonlashtirishiga umid qilamiz. Bundan tashqari, u boshqa genetik kasalliklarni davolashda ham yordam berishi mumkin», — deydi tadqiqotning yetakchi muallifi doktor Kazusaku Kamiya.
Tadqiqot mualliflarining fikricha, tibbiyotdagi ushbu yutuq kelajakda millionlab odamlarga eshitish qobiliyatini tiklash imkoniyatini berishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron ikki fransuzni "Mossad" foydasiga josuslikda aybladi
Jahon | 09:48
-
Avtomobil ta’miri xizmatiga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aytildi
O‘zbekiston | 09:20
-
O‘zbekiston va Misr Sulton Sayfiddin Qutuz haqida film yaratishi mumkin
O‘zbekiston | 09:03
-
Barselonada 100 yil ichidagi eng issiq iyun oyi kuzatildi
Jahon | 08:50
Mavzuga oid

15:42 / 27.06.2025
Yaponiyada «tvitter-killer» qatl etildi

21:44 / 26.06.2025
Yaponiyada ayiq aeroport faoliyatini falajlab qo‘ydi

22:31 / 24.06.2025
Yaqin yuz yilda qushlarning 500 dan ortiq turi yo‘qolib ketishi mumkin

00:30 / 23.06.2025