Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda YPX inspektorini obro‘sizlantirishga uringan haydovchi 7 sutkaga qamaldi
Haydovchi YPX xodimiga hujjatlarini taqdim etishdan bosh tortgan. Mashinasi jarima maydoniga olib ketilayotganida esa inspektorni nohaq ayblab, ijtimoiy tarmoqlarga bir nechta video joylagan.
Foto: Videodan kadr
Buxoro shahrida xizmat vazifasini bajarayotgan YPX xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan qoidabuzar haydovchiga chora ko‘rildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB YXHB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mashinani boshqarib kelayotgan haydovchi ishoraga ko‘ra to‘xtatilgan, so‘ng inspektor hujjatlarni ko‘rish maqsadida uning oldiga borgan. Ammo haydovchi uning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, hujjatlarini ko‘rsatishdan bosh tortgan.
Shundan keyin, inspektor haydovchi avtomobilni hujjatlarsiz boshqarib yurgan degan xulosaga kelib, tartibga ko‘ra, transport vositasini jarima maydoniga olib ketgan. Bu vaqt davomida haydovchi YPX xodimini obro‘sizlantirishga urinib, turli so‘zlar bilan uning sha’niga tegishga uringan. Shuningdek, inspektorni nohaqlikda ayblab, ijtimoiy tarmoqlarga bir nechta video joylagan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudida ko‘rib chiqilgan mazkur ma’muriy ish yakunida haydovchi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi va 195-2-moddasi (huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining foto- va (yoki) videotasvirini ularning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan tarzda buzib tarqatish) bilan aybli deb topildi. Sud qarori bilan haydovchiga nisbatan 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
«Ichki ishlar xodimlari va tizimdan uzr so‘rayman», — deydi haydovchi.
Mavzuga oid
10:25 / 24.11.2025
Buxoroda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan vafot etdi
08:31 / 20.11.2025
Buxoroda 35 ming dollarga simob sotgan shaxslar ushlandi
13:00 / 01.11.2025
Buxoro biyennalesida amerikalik rassom shirinliklardan pavilion qurdi
12:19 / 30.10.2025