Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi
Adham Xudoyqulov yaqinda tashkil qilingan prezident huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori etib tayinlandi. U bungacha Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi direktori edi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Adham Yusupovich Xudoyqulov prezident huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.
Adham Xudoyqulov bunga qadar Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi loyiha ofisi direktori edi.
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi prezidentning 5 may kuni qabul qilgan farmoniga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi sifatida ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash mexanizmlarini belgilash hamda ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlari sifatini oshirish ko‘rsatilgan.
Tashkilot, shuningdek, ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish, kamchilikka yo‘l qo‘ygan oliygohlarga taqdimnomalar kiritish, sifatni taqqoslash uchun milliy reyting tuzish bilan shug‘ullanadi.
Xavfni tahlil qilish jarayonida kamchiliklar aniqlanganda agentlik ta’lim tashkilotiga bu haqda taqdimnoma kiritadi hamda kamchiliklarni bartaraf etish uchun muddat belgilaydi. Ularni bartaraf etish ta’lim tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
Mavzuga oid
21:54 / 25.12.2025
Putin Rossiyada avtomat-odamlar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikni talab qildi
15:26 / 18.12.2025
Akkreditatsiya to‘lovlari qaytarilmaydi: ta’lim tashkilotlari uchun yangi qoidalar
22:32 / 17.12.2025
Yunusobod va Sergeli tumanlariga yangi hokim tayinlandi
18:59 / 17.12.2025