AQŞ prezidenti Donald Tramp Kongress ruxsatini olmasdan Eronning yadro obektlari joylaşgani aytilgan uçta obektga B-2 bombardimonçilari bilan hujum qildi.
Tramp — uşbu zarbalar harbiy muvaffaqiyat bölganini hamda Eronning asosiy yadro boyitiş inşootlari butunlay va töliq yöq qilinganini aytdi.

AQŞ prezidenti matbuot xizmati tarqatgan rasmlarga köra, uşbu hujumlar Oq uydagi maxsus xona — «Situtation Room»dan kuzatib borilgan.

Maxsus xonada prezident Donald Tramp, vitse-prezident James Vens, davlat kotibi Marko Rubio va mudofaa vaziri Pit Hegset, Oq uy boşqaruvi rahbari Syuzi Uaylz, Qöşma ştab qömitasi raisi general Den Keyn hamda boşqa kabinet a’zolari bölgan.
Rasmiy nomi “Presidential Emergency Operations Center” (PEOC) — Oq uyidagi maxfiy va xavfsizlik darajasi yuqori bölgan operatsion markaz bölib, prezident va uning harbiy hamda razvedka maslahatçilari muhim milliy xavfsizlik masalalari, ayniqsa harbiy operatsiyalar vaqtida, real vaqtda axborot olişi, muhokama yuritişi va qarorlar qabul qilişi uçun möljallangan joydir.

Oq uyning yer ostki qavatida joylaşgan xona 1961 yilda, Jon Kennedi davrida Sovet Ittifoqi bilan yadro inqirozi ehtimoli fonida taşkil etilgan.














