AQŞ prezidenti Donald Trampga uning qisqa murojaatida davomida vitse-prezident James Vens, davlat kotibi Marko Rubio va mudofaa vaziri Pit Hegset hamrohlik qildi.

Tramp uşbu hujumlarni «hayratomuz harbiy muvaffaqiyat» deb atadi va Eronning yadroviy inşootlari «butunlay va töliq yöq qilinganini» da’vo qildi.

«Eron endi tinçlikni tanlaşi kerak. Aks holda, keyingi hujumlar bundan ham kattaroq va ança oson böladi. Yana köplab nişonlar bor... Agar tinçlik tez orada kelmasa, biz ularni aniqlik, tezlik va mahorat bilan yöq qilamiz,» dyeya Tramp yana Eronni ogohlantirdi.

U şuningdek, bu holat davom etmasligini ta’kidladi. «Yoki tinçlik böladi, yoki Eron uçun, sönggi sakkiz kun içida körganimizdan ança dahşatli fojia yuz beradi,» degan AQŞ yetakçisi.

Tramp öz murojaatida Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxuga minnatdorçilik bildirib, AQŞ va Isroil «bir jamoa sifatida işlaganini» aytdi:

«Men boş vazir Bibi Netanyaxuga minnatdorçilik bildirmoqçiman. Biz bir jamoa sifatida, ehtimol ilgari heç kim kabi, hamkorlikda işladik. Bu Isroil uçun xavfni yöq qiliş yölida katta qadam böldi. Isroil armiyasiga qilgan ajoyib işi uçun minnatdorman.»

Trampga köra, bu hujumlarning asosiy maqsadi Eronning yadro boyitiş imkoniyatini tugatiş va «terrorizmning dunyodagi eng yirik homiysi» tomonidan kelayotgan yadro tahdidini töxtatiş bölgan.

«Bugun keçasi men butun dunyoga şuni xabar bera olaman: bu zarbalar hayratomuz harbiy muvaffaqiyat böldi,» — dedi u.

Jonli efirdagi murojaatidan söng, Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida Eronni yana ogohlantirdi:

«Eron tomonidan AQŞga qarşi har qanday javob harakati, bugun keçasi guvohi bölgan harakatlardan ham ança kuçli kuç bilan qarşilanadi».