BMTning Falastin böyiça maxsus ma’ruzaçisi Françeska Albaneze xalqaro jinoiy sud tomonidan AQŞ va Isroilga qarşi çoralar körişga qaratilgan harakatlari uçun AQŞ sanksiyalari röyxatiga kiritildi. Bu haqda AQŞ davlat kotibi Marko Rubio ma’lum qildi.

«Bugun men Françeska Albanezega, BMT Inson huquqlari böyiça kengaşining maxsus ma’ruzaçisiga, amerikalik va isroillik amaldorlar, kompaniyalar va rahbarlarga nisbatan Xalqaro jinoiy sudni harakatga keltirişga qaratilgan noqonuniy va şarmandali urinişlari uçun sanksiyalar joriy etdim», - deb yozgan Rubio.

Uning sözlariga köra, Albanezening AQŞ va Isroilga qarşi siyosiy va iqtisodiy uruş yuritiş harakatlariga bundan buyon toqat qilinmaydi. AQŞ bu yönalişda barça zarur çoralarni körişda davom etadi.

Marko Rubio Foto: The New York Times

«Biz har doim hamkorlarimizning özini himoya qiliş huquqlarini qöllab-quvvatlaymiz», - dedi davlat kotibi.

Avvalroq AQŞ BMT Boş kotibi Antoniu Guterrişga murojaat qilib, Françeska Albanezeni egallab turgan lavozimidan böşatişni söragan edi.

AQŞning BMTdagi doimiy vakolatxonasi 1 iyulda e’lon qilgan yozma bayonotida Albanezeni lavozimidan çetlatiş va uni qoralaşni talab qilgan. Bayonotda aytilişiça, agar bu borada heç qanday çora körilmasa, nafaqat BMTning obrösiga putur yetadi, balki AQŞ ham javob çoralarini körişga majbur böladi.

Françeska Albaneze, BMT maxsus ma’ruzaçisi sifatida Isroilning inson huquqlarini buzişiga barham beriş uçun xalqaro miqyosda asosiy ovozlardan biri bölib kelmoqda. Isroil va uning tarafdorlari Albanezeni yillar davomida tanqid qilib, uni BMTdagi lavozimidan çetlatişni talab qilib kelmoqda.

Albaneze kuni keça Yevropa hukumatlarini ham tanqid qilgandi. Çunki ular uruş jinoyatlari uçun Xalqaro jinoyat sudi (XJS) tomonidan qidiruvda bölgan Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuga öz havo hududlaridan foydalanişga ruxsat bergan.