Samarqand viloyatining yana bir tumanida hokim almaşdi.
Bugun, 5 avgust kuni Urgut tumanida ham xalq deputatlari tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazildi.
Unda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Adiz Boboyev iştirok etdi va Urgut tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş borasida olib borilayotgan işlar, erişilgan natijalarga töxtaldi.
Sessiyada taşkiliy masala körildi. Botir Jabborov boşqa işga ötişi munosabati bilan Urgut tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.
Viloyat rahbari Dilmurod Bastamoviç Sayidqulov nomzodini Urgut tumani hokimi etib tayinlaş taklifini bildirdi. Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Dilmurod Sayidqulov tayinlovga qadar Samarqand viloyat prokurori örinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Viloyat rahbari yangi hokimga tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş borasida amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalarni belgilab berdi hamda faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Ma’lumot uçun, Botir Jabborov Urgut tumaniga 2020 yil noyabridan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi. Uning keyingi faoliyati töğrisida ma’lumot berilmagan.

Eslatib ötamiz, bugun Samarqand viloyatining yana ikki tumanida hokim özgargandi: Payariq tumanida Isroil Jabborov örniga Şunqor Xudoyberdiyev, Toyloq tumanida Bahodir Bobonazarov örniga Behzod Rahmatullayev yangi hokim sifatida iş boşladi.











