2025 yilning 1 iyul holatiga O‘zbekistonning davlat qarzi 43 mlrd 376 mln dollarni tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
Davlat qarzining 36,41 mlrd dollarini – tashqi qarz, 6,96 mlrd dollarini esa ichki qarz tashkil etgan.
Davlat qarzi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6 mlrd 135 mln dollarga ko‘paygan. YaIMga nisbatan ulushi ham 1,8 foizga oshib, 32,4 foizdan 34,2 foizga yetgan.
Taqqoslash uchun, 2024 yilning 1 iyul holatiga davlat qarzi 37 mlrd 241 mln dollarni tashkil etgan. Bir yil ichida ushbu ko‘rsatkich 16,5 foizga oshgan.
Jalb qilingan qarz mablag‘lari nimaga ishlatilgan?
Hisobot davri yakuniga ko‘ra, jami davlat tashqi qarzining 47 foizi (16,9 mlrd dollar) budjetni qo‘llab-quvvatlashga, 16 foizi (5,9 mlrd dollar) yoqilg‘i-energetika sohasiga, 9 foizi qishloq va suv xo‘jaligiga (3,1 mlrd dollar), 8 foizi (2,9 mlrd dollar) transport va transport infratuzilmasiga, 8 foizi uy-joy kommunal xo‘jaligiga (3 mlrd dollar) yo‘naltirilgan.
O‘zbekiston kimlardan qarz olgan?
1 iyul holatiga davlat tashqi qarzining kreditorlar kesimida taqsimlanishi quyidagicha:
- Jahon banki — 7,8 mlrd dollar;
- Osiyo taraqqiyot banki — 7,4 mlrd dollar;
- Xalqaro investorlar (xalqaro yevrobondlar) — 5,7 mlrd dollar;
- Xitoy moliya tashkilotlari – 3,8 mlrd dollar;
- Yaponiya moliya tashkilotlari — 3,2 mlrd dollar;
- Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki — 1,7 mlrd dollar;
- Fransiya moliya tashkilotlari – 1,1 mlrd dollar;
- Islom taraqqiyot banki — 935 mln dollar;
- Koreya moliya tashkilotlari — 750 mln dollar;
- Xalqaro valuta jamg‘armasi — 642 mln dollar;
- Germaniya davlat banki — 481 mln dollar;
- Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki — 401 mln dollar;
- Boshqa moliyaviy tashkilotlar — 2,5 mlrd dollar.
Avvalroq, Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov tashqi qarz masalasi ko‘p muhokamalarga sabab bo‘layotganini aytib, bu masalaga quyidagicha izoh bergandi







