Özbekistonda iş haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar oşiriladi. Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov taşqi qarz nega oşayotganiga izoh berdi. Kambağal oilalarga isitiş mavsumidagi energetika xarajatlari uçun 1 mln sömdan pul beriladi. Kun.uz videoşarhida ana şu yangiliklar haqida söz boradi.
1 iyul va 1 avgustdan
3 iyun kuni e’lon qilingan prezident farmoniga köra, 2025 yil 1 iyuldan boşlab pensiyalar, 1 avgustdan boşlab esa oyliklar 10 foizga kötariladi.
Kelasi oydan e’tiboran, yoşga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 918 ming söm, nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 mln 12 ming söm, kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori: 3 yoşgaça bölgan bitta farzand uçun – 360 ming söm, 3 yoşdan 18 yoşgaça bölgan bitta farzand uçun – 275 ming söm; oilaning ikkinçi farzandi uçun qöşimça – 165 ming söm; oilaning uçinçi va undan keyingi har bir farzandi uçun qöşimça – 110 ming söm etib belgilandi.
Şuningdek, 1 iyuldan boşlab kam ta’minlangan oilalar uçun moddiy yordamning oylik miqdori 420 ming sömni taşkil qiladi.
2025 yil 1 avgustdan e’tiboran, budjet taşkilotlari xodimlarining iş haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oşiriladi. Mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori oyiga 1 mln 271 ming söm deb belgilanadi. Bu miqdor hozirda 1 mln 155 ming sömga teng.
Bundan taşqari, 1 avgustdan boşlab, bazaviy hisoblaş miqdori va unga boğlangan jarimalar, yiğimlar va boşqa tölovlar ham oşadi. BHMning yangi miqdori 412 ming söm böladi. Hozir bu miqdor 375 ming sömga teng.
“Xususiy sektorda işlovçi fuqarolarimizning ham tölov qobiliyatlarini rağbatlantiriş uçun iş beruvçilarga iş haqi miqdorini mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoridan kam bölmagan miqdorlarda tölaş tavsiya etiladi”, – deyiladi farmonda.
Oxirgi marta iş haqi, pensiya va nafaqalar 2024 yil 1 sentabrda 15 foizga oşirilgandi. Stipendiyalar esa oxirgi marta 2021 yilda oşirilgan va şundan beri, 4 yil davomida özgarmay kelayotgandi. Oliy ta’lim muassasalaridagi tölov-kontrakt miqdorlari esa ötgan yili sentabrda 15 foizga kötarilgan.
Vazir – tariflar oşgani haqida
Oyliklar va pensiyalar oşirilişi haqidagi farmon e’lon qilinişidan oldin, hujjatni boş vazir örinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov Qonunçilik palatasi yiğilişidagi çiqişida anons qilgan edi. U











