
Hamas 3 sentabr kuni yana bir bor Ğazo böyiça keng qamrovli kelişuvga tayyor ekanini ma’lum qildi. Reutersʼga köra, barça isroillik garovdagilar ozod qilinadi, buning evaziga kelişilgan miqdorda falastinlik mahbuslar qöyib yuboriladi.
Guruhning bu bayonoti AQŞ prezidenti Donald Tramp Hamasni 20 nafar garovdagilarni ozod qilişga çaqirganidan köp ötmay bildirildi. Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuning ofisi Hamas bayonotini tanqid qildi.
«Afsuski, bu yana Hamasning heç qanday yangilik olib kelmagan navbatdagi çalğituvçi yurişidir», deyiladi bayonotda.
Netanyahu ofisi şuningdek, uruş tugaşining yangi şartlarini aytdi. Ularga köra, qaçonki — Ğazoda barça garovdagilar ozod etilganda, Hamas qurolsizlantirilganda, sektor demilitarizatsiya qilinganda, Isroil hududda xavfsizlik nazoratini örnatganda va muqobil fuqarolik boşqaruvi taşkil etilganda uruş tugaydi.
Al-Jazeeraʼning yozişiça, Hamas Ğazoni boşqariş uçun mustaqil milliy ma’muriyat tuzilişiga rozi ekanini va barça isroillik asirlarning ozod etilişini nazarda tutuvçi keng qamrovli sulh bitimiga tayyorligini bildirdi.

Hamas avgust oyida ham Isroil bilan 60 kunlik sulh taklifiga rozi bölgandi. Misrlik rasmiy manbaga köra, Hamas qabul qilgan taklif Isroilning 60 kun davomida harbiy operatsiyalarini töxtatişini va deyarli ikki yillik mojaroga yakun yasovçi keng qamrovli kelişuvning asosiy tamoyillarini belgilaşni öz içiga olgan. Netanyahu esa bir neça kundan keyin Isroil barça garovdagilarni ozod qiliş va uruşni tugatiş böyiça muzokaralarni darhol davom ettirişini, biroq faqat Isroil uçun maqbul şartlarda














