Jahon | 13:40 / 09.09.2025
4100
1 daqiqa o‘qiladi

Demokratlar Trampning Epshteynga yuborgan ehtimoliy otkritkasini e’lon qildi

Vakillar palatasining nazorat qo‘mitasi Jyeffri Epshteynning 50 yillik tavallud kuni albomining nusxasini oldi. Unda go‘yoki Donald Tramp imzolagan otkritka bor. Oq uy buni rad etdi.

Foto: Allison Bailey/NurPhoto/picture alliance

8 sentabr, dushanba kuni AQSh Kongressi Vakillar palatasining Demokratik partiyasi a’zolari AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan imzolangan va moliyachi Jyeffri Epshteynga 20 yildan ko‘proq vaqt oldin yuborilgani da’vo qilingan otkritka suratini chop etdi.

"Biz Trampdan Jyeffri Epshteynga tug‘ilgan kuni munosabati bilan yuborilgan xatni oldik, prezident bunday xat bo‘lmaganini aytdi. Tramp ikkalasining "ajoyib sir"i borligi haqida yozdi. U nimani yashirmoqda, hujjatlarni e’lon qiling (Epshteyn ishi bo‘yicha)", - deya izoh berdi demokratlar.

Pochta kartochkasida ayol tanasining sxematik silueti tasvirlangan bo‘lib, uning ustida «Jyeffri» va «Donald» o‘rtasidagi dialog yozilgan. U shunday ibora bilan tugaydi: «Tug‘ilgan kuningiz bilan — va har kuni yangi ajoyib sir bo‘lsin».

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid