Standartlar instituti rahbariyati va ayrim xodimlariga 2024–2025 yillarda budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan katta miqdorda qo‘shimcha ustama haqlar to‘langan. Bu haqda Ishonch.uz o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, institut direktori vazifasini bajarib kelgan (sobiq) D. Qodirov 2024 yil noyabrdan 2025 yil martgacha bo‘lgan 5 oy davomida jami 468,6 mln so‘m daromad olgan. Shundan 433,8 mln so‘m budjetdan tashqari mablag‘lardan mukofot sifatida to‘lab berilgan.
Institutning boshqa xodimlariga ham yirik miqdorda ustama haqlar berilgan:
- G.Gaziyev (sobiq direktor) – 142,6 mln so‘m;
- A. Samijonov (direktor o‘rinbosari)– 482,9 mln so‘m;
- A.Davirov (direktor o‘rinbosari) – 412,8 mln so‘m;
- J.Umurzoqulov (bo‘lim boshlig‘i)– 293,3 mln so‘m;
- F.Ashurov (bo‘lim boshlig‘i)– 412,8 mln so‘m;
- J.Axmatov (bo‘lim boshlig‘i) – 471,1 mln so‘m;
- M.Mirzoidov (bo‘lim boshlig‘i) – 477,2 mln so‘m;
- N.Xudayxodjayeva (buxgalter) – 227,8 mln so‘m;
- N.Xusanbayev (direktor yordamchisi) – 199,2 mln so‘m.
Umumiy hisobda, institut xodimlariga budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan jami 3,7 mlrd so‘mdan ortiq qo‘shimcha ustama haqlar to‘langani qayd etilgan.
Bundan tashqari, 10 nafar xodimga jami 3,1 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lar rag‘batlantirish uchun sarflangan.
Standartlar instituti axborot xizmati ushbu ma’lumotlarni tasdiqladi.
«Yuqoridagi holatlar "O‘zbekiston standartlar instituti" davlat muassasasida sodir etilgan bo‘lib, agentlik tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib huquqiy baho berilishi uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi», deyiladi rasmiy izohda.
Ma’lumot uchun, 2025 yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi o‘rtacha ish haqi 5 mln 982 ming so‘mni







