Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent yo‘llarida tirbandlikni kamaytirish bo‘yicha senator so‘rovi yuborildi
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyev tomonidan yuborilgan senator so‘rovida poytaxt yo‘llarida yuzaga kelayotgan tirbandliklar aholining kundalik hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotganiga e’tibor qaratilgan.
Foto: Kun.uz
Ayniqsa, o‘quv yili boshlanishi bilan Toshkent shahrida harakat keskin kuchayib, ayrim vaqtlarda tirbandlik darajasi eng yuqori — 10 ballgacha bo‘layotgani, bu esa ishga, o‘qishga hamda turli maqsadlarda poytaxtga yo‘l olgan minglab fuqarolarning vaqti zoye ketishiga olib kelayotgani ta’kidlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, har kuni 1 millionga yaqin kishi poytaxtga tashrif buyuradi, ularning 275 ming nafari Toshkent viloyatidan kelmoqda. Viloyatning tutash hududlaridan minglab avtomobillarning ertalab poytaxtga kirib, kechqurun ortga qaytishi esa tirbandliklarni yanada kuchaytirmoqda.
Senator so‘rovida vazirlikdan Toshkent shahrida tirbandliklarni kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralar, “Intellektual transport” tizimining amaldagi holati, jamoat transportini yagona aglomeratsiya tizimiga o‘tkazish jarayoni, shuningdek, prezident tomonidan belgilangan vazifalar ijro etilishi va ularning kechikishi sabablari yuzasidan atroflicha ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.
Mavzuga oid
09:47 / 20.12.2025
Mehnat inspeksiyasi hisoboti Senatda tanqid qilindi: nazorat 32 foizga kamaygan
18:17 / 18.12.2025
2026 yilda asosiy soliqlar bo‘yicha stavkalar o‘zgarmaydi
13:59 / 18.12.2025
Toshkent shahriga kirish joylarida avtoturargohlar quriladi
13:32 / 18.12.2025