Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank zaxiralari bo‘yicha top-50 davlat
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining ma’lumotnomasiga ko‘ra, eng boy o‘nta davlat banklari jami 9,4 trillion dollar zaxiraga ega bo‘lib, bu global jami zaxiralarning 60 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi.
Foto: Kun.uz
Markaziy banklar zaxiralari jahon iqtisodiy barqarorligi uchun muhim hisoblanadi: ular mamlakatlarga to‘lov balansi majburiyatlarini bajarishda yordam beradi va iqtisodiyotni inqirozlar va geosiyosiy silsilalardan himoya qiladi.
Ko‘pgina Markaziy banklar o‘zining oltin zaxiralarini diversifikator va inqiroz yoki inflatsiyaga qarshi himoya sifatida oshirib boradi.
MRB ma’lumotnomasiga ko‘ra, markaziy banklar zaxiralari bo‘yicha birinchi o‘nta davlat: Xitoy — 3,4 trillion dollar, Yaponiya — 1,2 trillion dollar, AQSh — 0,9 trillion dollar, Shveytsariya — 0,9 trillion dollar, Hindiston — 0,6 trillion dollar, Rossiya — 0,5 trillion dollar, Saudiya Arabistoni — 0,4 trillion dollar, Hongkong — 0,4 trillion dollar, Janubiy Koreya — 0,4 trillion dollar va Singapur — 0,3 trillion dollar.
Mavzuga oid
16:19 / 13.12.2025
Xorijdan pul o‘tkazmalari 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi
16:37 / 11.12.2025
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
19:09 / 10.12.2025
O‘zbekistonda yagona QR kod orqali to‘lovlarni qabul qilish majburiy bo‘ladi
19:19 / 04.12.2025