Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Germaniya texnologiyalari va kompaniyalarini jalb etish muhokama qilindi
24 oktyabr kuni O‘zbekiston TIV vazirining o‘rinbosari Bobur Usmonov Germaniya Bundestagining tashqi ishlar qo‘mitasi a’zosi Stefan Mayyer bilan uchrashib, siyosiy va parlamentlararo muloqot bilan birga Germaniya texnologiyalari va yetakchi kompaniyalarini O‘zbekistondagi loyihalarga jalb etish masalalarini muhokama qildi.
Foto: Tashqi ishlar vazirligi
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi, raqamlashtirish, «yashil» energetika, transport-logistika va ilm-ta’lim sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tomonlar 2026 yil uchun mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasini ishlab chiqish, shu jumladan biznes-forumlar, ishchi guruhlar va ekspertlar muloqotlarini tashkil etish bo‘yicha kelishib oldi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar kontekstida Germaniya kompaniyalarining innovatsion yechimlari va yuqori texnologiyalarini jalb etishga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar yakunida barcha yo‘nalishlarda faol muloqotni davom ettirish va amaliyotga yo‘naltirilgan loyihalar portfelini shakllantirish bo‘yicha o‘zaro tayyorgarlik bildirildi.
Mavzuga oid
21:44 / 19.12.2025
Vayronalardan tiklangan GeRMANIYa | SUBYEKTIV (1-qism)
13:46 / 19.12.2025
Germaniya 535 nafar afg‘onistonlikni qabul qiladi
15:05 / 17.12.2025
Germaniya: yangi dengiz vertolyoti suvosti kemalariga qarshi kurashni kuchaytiradi
12:08 / 17.12.2025