Ötgan hafta AQŞ Rossiyaning eng yirik neft kompaniyalari – “Rosneft” va “Lukoil”ga sanksiyalar joriy qildi. Bu ikki kompaniya jahon neft ta’minotining taxminan 5 foizini işlab çiqaradi. AQŞning maqsadi – Rossiya budjetiga tuşadigan neft daromadlarini qisqartiriş va Kremlni Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça muzokaralarga qaytarişdir.
Bu sanksiyalar tufayli 23 oktyabrdan buyon neft narxi 5 foizga oşib, barreliga 66 dollar atrofida savdolar ketyapti. Investorlar sanksiyalar va Rossiyaning mumkin bölgan javob çoralaridan qörqmoqda – bu esa global ta’minot zanjirini qisqartirişi mumkin.
Saudiya Arabistoni uçun diplomatik bosim
Bu vaziyat Saudiya uçun murakkab diplomatik muammoga aylandi, deb yozmoqda Reuters. Neft eksport qiluvçi davlatlar taşkiloti – OPEC'ning yetakçisi sifatida u öz strategik manfaatlarini saqlab qoliş bilan birga, Rossiya va boşqa yirik işlab çiqaruvçilar bilan hamkorlikni davom ettirişga majbur.
OPEC+ yiğilişi va qarama-qarşi manfaatlar
OPEC+ a’zolari 2 noyabr kuni dekabr oyidagi işlab çiqariş kvotasini belgilaş uçun yiğiliş ötkazadi.
Reuters'ning 28 oktyabrdagi xabariga köra, guruh işlab çiqarişni birozgina – kuniga 137 ming barrelga oşirişi ehtimolga yaqin, lekin taklifni köpaytiriş imkoniyati atigi bir neçta davlat, xususan Saudiyada bor.
Apreldan buyon OPEC+ işlab çiqariş maqsadini 2,7 million barrelga oşirdi, bunga global iqtisodiyotdagi ösiş va yoqilğiga talabning kötarilişi sabab böldi.
Biroq bu ösiş ortiqça ta’minotni keltirib çiqardi. Xalqaro energetika agentligi (IEA) bu muvozanatsizlik kamida yana bir yil davom etişini taxmin qilmoqda.
Rossiya esa OPEC+dan işlab çiqarişni töxtatiş yoki kamaytirişni söramoqda, çunki bozorga ortiqça neft çiqariş uning daromadlarini qisqartiradi.
Ammo Tramp 18 noyabrda Oq uyda Saudiya valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon bilan uçraşuvda buning teskarisini talab qilişi kutilmoqda.











