Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chiqindi qarzi bor iste’molchi to‘g‘ridan to‘g‘ri elektrdan uzilmaydi - Energetika vazirligi
Ijtimoiy tarmoqlardagi «musordan qarzi borlar elektrdan uzilyapti» sarlavhalari noto‘g‘ri talqin qilingan. Energetika vazirligiga ko‘ra, bunday holatda abonent elektr ta’minotidan uzilmaydi, balki qarz bartaraf etilmaguncha elektr uchun to‘lov qilish imkoniyatiga vaqtincha cheklov qo‘yiladi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, chiqindi xizmati bo‘yicha qarzi mavjud abonentlar avvaldan «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning 2100 qisqa raqamidan SMS ogohlantirish oladi. Agar ogohlantirishdan so‘ng 5 kun ichida qarzdorlik qoplanmasa, abonentning elektr energiyasi uchun to‘lov amalga oshirish imkoniyati (onlayn yoki kassa orqali) vaqtincha cheklanadi.
Shu bilan birga, vazirlik ta’kidlashicha, bu chora elektr ta’minotini uzish emas. Iste’molchi qarzni to‘lashi bilan vaqtinchalik cheklov darhol bekor qilinadi.
Mavzuga oid
23:12 / 28.06.2026
Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining bir qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
09:15 / 27.06.2026
Qaysi mamlakatlarda yadro chiqindilari eng ko‘p? Yangi xarita e’lon qilindi
09:05 / 20.06.2026